Fathulloh Gulen harakati Amerika Qo’shma Shtatlarining Las Vegas shahrida maktab ochdi
Fathullohchilarning yangi maktabi Amerika Havo Kuchlari harbiy markaziga mezbonlik qilgan va dunyoning eng katta jangovar ta’lim missiyasiga ega Nellis havo bazasida o’z faoliyatini boshlaydi.
Fathullohchi terror tashkiloti Amerika Qo’shma Shtatlarining Las Vegas shtatida maktab ochdi.
Fathullohchilarning yangi maktabi Amerika Havo Kuchlari harbiy markaziga mezbonlik qilgan va dunyoning eng katta jangovar ta’lim missiyasiga ega Nellis havo bazasida o’z faoliyatini boshlaydi.
“Coral Academy of Science Las Vegas” deb nomlanadigan maktabning ochilish marosimida harbiy bazaning qo’mondoni polkovnik Villiam Norton maktab direktori Erjan Aydog’anga maktabning kalitini tantanali ravishda topshirdi.
Iyul oyida Fathullohchilarga topshirilgan maktab 22 avgust kuni yangi o’quv yilini boshlaydi.
Ma’lum davlatlarda avvalo ta’lim sohasida o’z faoliyatini kengaytirishga harakat qilgan Fathullohchi terror tashkilotining Bosniyada 15 ta, Albaniyada 12 ta, Makedoniyada 7 ta, Kosovada 5 ta va Serbiyada bitta maktabi mavjud.
Fathullohchilarga yaqinligi bilan tanilgan tashkilot va shirkatlar g’arbiy Bolqon davlatlarida ta’lim sohasidan tashqari, bir qancha sohada ham faoliyat olib bormoqda.