Yunoniston isyonchi harbiylarni olib kelgan vertolyotni Turkiyaga qaytardi

Yunoniston shanba kuni ertalab Turkiyadagi davlatni to'ntarishga urinishgan 8 nafar harbiy uchib kelgan vertolyotni bugun Turkiyaga qaytardi.

532002
Yunoniston isyonchi harbiylarni olib kelgan vertolyotni Turkiyaga qaytardi

Yunoniston isyonchi harbiylarni olib kelgan vertolyotni Turkiyaga qaytardi.

Yunoniston shanba kuni ertalab Turkiyadagi davlatni to'ntarishga urinishgan 8 nafar harbiy uchib kelgan vertolyotni bugun Turkiyaga qaytardi.

Harbiylar hozircha Yunonistonda qolgan va o'z taqdirlari bo'yicha chiqariladigan qarorni kutishmoqda. 

Harbiy to'ntarishga urinish muvaffaqiyatsiz yakunlangach, turkiyalik harbiylar mingan Black Hawk vertolyoti Dedeag’ach aeroportiga kelgan va turkiyalik harbiylar Yunonistondan boshpana so'rashgandi.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'li Yunonistondan to'ntarish tarafdorlarini zudlik bilan ekstraditsiya qilishni talab etgan.

Yunoniston hukumati Turkiya bilan imkon qadar tezroq vertolyotni qaytarish masalasini muhokama qilgan, shuningdek, to'ntarish tarafdorlariga nisbatan xalqaro huquq me'yorlari qo'llanishiga ishonch hosil qilgan.

Shuningdek, hibsga olinganlar o'z mamlakatlarida konstitutsiyaviy qonunchilikni buzishda ayblanayotgani inobatga olingan.



Aloqador xabarlar