Chavusho’g’li, suriyalik muhojirlar bilan iftor dasturxonida uchrashdi
Iftor dasturxonida, Tashqi ishlar vaziri tilga olgan orzu-umidlar, ayniqsa ko’pchiligi suriyalik turkmanlardan iborat muhojirlar tomonidan gulduroz qarsaklar bilan olqishlandi.
Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Turkiyaning har doim, har qanday sharoitda suriyalik qardoshlari yonida bo’lajagini aytdi.
Mevlut Chavusho’g’li, Hatay shahar hokimiyati tomonidan uyushtirilgan va suriyalik muhojirlarga atalgan iftor dasturxonida ishtirok etdi.
Prezident Rajap Tayyip Erdog’an va Bosh vazir Binali Yildirimning suriyalik muhojirlarga yuborgan salomini yetkazgan Janob Chavusho’g’li, ularning, “Har doim, har qanday sharoitda suriyalik qardoshlarimizning yonida bo’lamiz” degan iliq so’zlarini ham yetkazdi.
Chavusho’g’li;
“Bizning eng katta orzuimiz Bashar al-Asad rejimining Suriyadan bartaraf bo’lishidir. Ollox nasib qilsa bir kunmas bir kun sizlar ham albatta o’z uy-joylaringizga qaytib ketasizlar. Biz ham sizlarga mehmon bo’lib borib, birgalikda, Suriyada iftor qilamiz. Biz, Suriyadan kelgan 3 million qardoshimizni mehmon qilishdan xursandmiz. Biz, ba’zi g’arb davlatlari kabi, sizlarni yo’q deb hisoblamaymiz” dedi.
Iftor dasturxonida, Tashqi ishlar vaziri tilga olgan orzu-umidlar ortidan ayniqsa ko’pchiligi suriyalik turkmanlardan iborat muhojirlar ko’zlariga yosh o’ldi.