Turkiyaning Hakkari viloyatidan yana qora xat keldi

Bu haqida Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi ma'lumot berdi.

462060
Turkiyaning Hakkari viloyatidan yana qora xat keldi

Turkiyaning Hakkari viloyati, Yuksekova tumanida xavfsizlik kuchlari bilan PKK terror tashkiloti o'rtasida to'qnashuv yuz berib oqibatida 1 nafar politsiya xodimi shahid bo'ldi.

Undan tashqariTurkiyaning Shirnak, Mardin va Hakkari viloyatlarida yana 11 nafar terrorist o'ldirildi.

Bu haqida Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi ma'lumot berdi.

Ushbu ma'lumotga ko'ra Mardinning Nusaybin tumanida davom etgan amaliyotda 6, Shirnakda 4, Hakkarining Yuksekova tumanida 1 nafar terrorist o'ldirildi.

Undan tashqari Hakkarining Yuksekova tumanida qo'lda yasalgan 13 ta portlaguvchi modda nazoratli ravishda portlatilar ekan nomi tilga olingan mintaqadan 4 ta minamyod va ko'plab kalashnikov rusumidagi avtomatik jang qurollari qo'lga tushurilgan.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #terrorist , #harbiy amaliyot

Aloqador xabarlar