KİLİS TİNCHLİK NOBEl MUKOFOTİGA NOMZOD
KİLİS TİNCHLİK NOBEl MUKOFOTİGA NOMZOD
Turkiyaning Suriya chegarasida joylashgan Kilis shahrida, o'z aholisidan ham ko'p Suriyaliklarga 4 yildan beri mezbonlik qilmoqda. Shaharning madaniy, iqtisodiy, infratuzilmasi va hokimiyat xizmatlari bilan aloqali chuqur o'zgarishlar bo'lgani uchun g'ayrat qilmoqda. Insonlik imtixonidan o'tayotgan Kilis, joriy yil Nobel tinchlik mukofotiga nomzod ko'rsatildi.
“Dunyoda, bu kabi ommaviy tinchlik namunasi yo'q"
2015 yilining oxiridan e'tiboran markazdagi aholi soni 106.293 bo'lgan Kilis, bugun 120 mingdan ziyod Suriyali ko'chmanchiga bosh pana bermoqda. Sakariya deputati Ayhan Sefer Ustun tomonidan tayyorlangan Nobel Tinchlik Mukofotiga nomzodlik maktubida qo'mita a'zolarining diqqatini jalb qilish uchun quyidagicha hitob qilmoqda; “Hurmatli qo'mita a'zolari! Aholisi 2,5 millionga yaqlashgan Parij shahar markaziga, 2,5 million urushdan qochgan ko'chmachi bo'lsaydi qanday bo'lar edi. Yoki 3 milliondan ziyod urush jabrdidasi London shahar markaziga kelsa, Angliya nima qilgan bo'lar edi. Sizlar o'ylab ko'ring; Olsoda 1 million aholiga qo'shimcha yana 1 million Suriyalining bo'lganini. Sabr-toqat qachongacha davom etar edi. Mana Kilisda kutilgandan boshga o'zgarish bo'ldi, insonlar ishxonalarini, uylarini, tijoriy bozorlarini, ijtimoiy muhitini bahamlashdi va bahamlashishga davom etmoqda. Bu kabi tinchlik namunasi duyoda bo'lmasa kerak."
“Suriyali ko'chmanchilar uchun juda ko'p yaxshilik qilgan Turk shahri Nobel tinchlik Mukofotiga nomzod bo'lishga tayyor."
Kilisda nodavlat tashkilot, mahalliy xalq va boshqaruv vatanlaridagi jang tufayli bu yerda bosh pana istagan Suriyaliklar uchun tartiblangan turli kurslarda bolalar uchun dam olish dasturlari tashkil etish, Kilis Universitetining ko'ngilli kishilaridan, salomatlik, ta'lim kabi Suriyaliklarga berilgan xizmatlargacha bo'lib dunyo matbuotida keng o'rin ajratilgan insoniy faoliyatlar, shaharning Nobel Tinchlik mukofotiga nomzod bo'lish uchun xalqaro dastakni orttirmoqda. AQSh Tashqi Ishlar Vazirligi aholi, ko'ch va ko'chmanchilar ofisi; Kilisning Suriyali ko'chmanchilar uchun hozirgi kungacha qilganlari tufayli Nobel Tinchlik mukoftiga nomzod bo'lishga tayyor" sarlavhali maqolasini rasmiy twitter hisobidan bahamlashib Kilisni qo'llab-quvatlaganini bildirdi.
Suriyada ichki nizoh tufayli vatanlaridan judo bo'lgan Suriya xalqi uchun Turkiya, eng ko'p bosh pana bergan davlat bo'ldi. Ko'chmanchilarga 9 milliardan ziyod mablag' sarf etgan Turkiyada daslab, 2 million 734 ming atrofida Suriyali ko'chmanchi bor. Ko'chmanchilarning 283 mingi, shaharlarga o'xshagan va savdo markazlaridan maktabgacha, bolalar bog'chasi, to'garaklar, sport imkoniyatlari va tekinga salomatlik xizmatigacha barcha tafsulotlar joy olmoqda. Ushbu lagerlardan biri Kilisga bog'li O'njupinar dalasida joy olmoqda. 2012 yili lagerni ziyorat qilgan BMT Oliy Komisari Antonio Guterres bu yerda berilgan xizmatlarning inson sharafiga yarashganini bildirib, xalqaro jamoatchilikni bu shartlarning davom etishi va har tomonga tatbiq etish uchun dastalakshga chaqirdi. Guterres bilan birga lagerni ziyorat qilgan BMT maxsus vakili Angelina Jolie boshqa hech qaysi yerda bunga o'xshash lager ko'rmaganini bildirib, “Oilalar va bolalar Turk xalqiga va hukumatiga minnatdor, o'lkalaridan qochgan oilalarga bosh pana berish uchun hamma joyda bu kabi lagerlarning bo'lishini tilaymiz" degan edi. Oradan vaqt o'tganiga qaramay xalqaro yordam berilmagan bo'lsa ham o'lkaning boshqa lagerlarida bo'lgani kabi O'njupinardagi shartlar yaxshi muhofaza etilgandir.
“Suriyalik qochqinlarga soyabon bo'lgan Turk shahri Nobel tinchlik mukofotiga loyiq."
Kilisda nodavlat tashkilotlar, mahalliy xalq va mahalliy hukumat urushdan qochib kelgan Suriya aholisi uchun turli kurslar, bolalar uchun ko'ngilochar dam olish dasturlari, salomatlik, ta'lim kabi bir qator sohada bepul xizmat berib kelayotgani shaharning Nobel tinchlik mukofotiga nomzod bo'lishiga zamin yaratadi.
AQSh kotibligi aholi, migratsiya va qochqinlar byurosi Turkiyaning Kilis viloyati Suriyalik qochqinlar uchun ko'rsatgan beqiyos xizmatlari uchun Nobel mukofotiga tayyor ekanini twitter hisobidan e'lon qilib, Kilisni qo'llab quvvatladi.
Suriyada ichki urushning avj olishi bilan vatanini tashlab kelishga majbur bo'lgan Suriya xalqi uchun Turkiya panoh bo'ldi. Turkiya eng ko'p qochqinni qabul qilgan davlat bo'ldi. 9 milliard dollardan ortiq mablag'ni Suriya qochqinlari uchun sarf qilgan Turkiya, bugungi kunda 2 mln 734 mingdan ziyod qochqinni parvarish qilmoqda. Qochqinlarning 283 mingga yaqini ular uchun qurilgan ko'chma uylarda yashamoqda. Go'yo kichik shaharni eslatib turgan bu ko'chma yashash hududlarida maktab, bolalar bog'chasi, kurslar va sport maydonchalari mavjud. Kilisning O'njupinar tumanida mana shunday markazlardan biri joylashgan. 2012 yilida lagerga tashrif buyurgan BMT Oliy komissari Antonio Guterres bu yerda qochqinlarga berilgan xizmat yuqori darajada ekanini ma'lum qildi. Guterres bilan birga lagerni ko'zdan kechirgan BMT maxsus vakili Angelina Jolie ham bugungacha hech bir mamlakatda bunday yaxshi sharoit yaratib berilgan qochqin lagerini uchratmaganini tilga oldi. Oradan buncha vaqt o'tishiga qaramasdan, biron xalqaro yordam tashkiloti ko'mak bermagan bo'lsa ham, mamlakatning boshqa joylarida joylashgan lagerlarda bo'lgani kabi O'njupinardagi lagerlarda ham standardlar yuqori darajada.