Afg'onistonning poytaxti Qobulda turklarga nisbatan tazyiqlar kuchaymoqda

Afg'onistonning poytaxti Qobulda turklarga tegishli ishxonalardan biriga sodir qilingan qurolli hujumda Turkiya fuqarosi bo'lgan ikki shaxs halok bo'lgan.

445561
Afg'onistonning poytaxti Qobulda turklarga nisbatan tazyiqlar kuchaymoqda

Afg'onistonning poytaxti Qobulda ohirgi paytlarda turklarga tegishli ishxonalar qurolli hujumga uchramoqda.

Kuni kecha turklarning ishxonasiga sodir qilingan hujumda Turkiya fuqarosi bo'lgan 2 shaxs halok bo'lgan, 2 turk og'ir yaralangan.

Bu kabi holatlar avj olgan mamlakatda bir turk o'g'irlab ketilgan.

Turkiya fuqarosi bo'lgan Osman Kaya ismli shaxsga tegishli ishxonaga kimligi noma'lum bir guruh kishilar tomonidan qurol hujum sodir qilingan.

U yerda mehnat qilgan ikki turk voqea joyida halok bo'lgan, ishxona egasi bilan bir kishi og'ir yaralangan.

Yaradorlar Qobuldagi shifoxonaga yotkizilgan.

Turkiyaning Qobuldagi elchisi Ali Sait Akin shifoxonaga borib yaradorlarning ahvoli haqida ma'lumot oldi.

Qobul xavfsizlik boshqarmasi voqea ustidan tergov yuritmoqda.

Qurolli hujum paytida turklarga tegishli boshqa ishxonaga kimligi noma'lum shaxslar bosqin uyushtirgan.

Bosqin paytida firma xizmatchisi o'g'irlab ketilgan.

Ismi fosh qilinmagan shaxsning kimlar tomonidan o'g'irlab ketilgani hali noma'lum.



Aloqador xabarlar