"2015-Kimyo" Nobel mukofoti sovrindori Aziz Sanjar...

Aziz Sanjar:"Bu mukofotni vatanim Turkiyaga bag'ishlashni qarz deb bilaman"

390259
"2015-Kimyo" Nobel mukofoti sovrindori Aziz Sanjar...

2015-KimyoNobel mukofotiga loyiq deb topilgan prof. Aziz Sanjar bu mukofotni Turkiya mamlakatiga va Respublikaning ta’lim sistemasiga bag’ishlashini bildirdi.
Yillar mobaynida ko’rsatgan mexnati evaziga bu mukofotga loyiq deb topilganidan baxtiyor ekanini tilga olgan Sanjar, “Xorijga keldim va muvaffaqiyatli bo’ldim, lekin buning asosida Turkiyada olgan ta’limim yotadi. Turkiyada boshlang’ich maktab, o’rta maktab, litsey va universitetlarimizda o’qish bepul edi. Turkiyada universitetda o’qir ekanman, u yerda olgan ta’limim, bu yerdagi universitetlarning saviyasiga teng. Buni Amerikada ta’minlash qiyin. Shu jihatdan men bu mukofotni mamlakatimga va Respublika davri asos solgan ta’lim sistemasiga bag’ishlashni qarz deb bilaman”-dedi.
Shimoliy Karolina Universiteti Tibbiyot fakulteti bioximiya va biofizika bo’limida faoliyat ko’rsatgan Sanjar, ko’pincha tibbiyot sohasiga asoslangan ilmiy izlanuvlarga vaqt ajratganini, shu sababli kimyo sohasida mukofot berilishini kutmaganini aytib o’tdi.
Tibbiyot mukofotining sohibi e’lon qilingach, “Bu yil mukofot yo’q menga”-deb o’ylagan Sanjar, kimyodan mukofot berilishi bilan avvalo oilam uchun sevindim. Lekin, bundan ham ko’proq mamlakatimiz uchun sevindim. Menimcha Turkiya uchun ilm darkor. Bunga hissa qo’shganimdan baxtiyorman”-dedi.
İlmiy izlanuv sabir talab qilganiga e’tibor qaratgan Sanjar, yoshlarga hech qachon yo’lidan qaytmasligini tavsiya qildi.
Va: -“Chet davlatlarga borsinlar, u yerlarni ko’rsinlar, mexnat qilsinlar, lekin men qilgan xatoni qilmasinlar. Ya’ni Turkiyaga vataniga qaytsinlar”-deya ta’kidlagan Sanjar, Turkiyada kelgusida juda ko’p Nobel mukofoti sovrindorlari yetishib chiqishidan umidvorligini tilga oldi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar