Suriyalik turkmanlar Turkiyadan minnatdor...

Suriyada urush boshlangandan beri Turkiya u yerda jang qilgan turkmanlarga yordam qo’lini uzatmoqda.

303424
Suriyalik turkmanlar Turkiyadan minnatdor...

Suriyalik turkmanlar Turkiyaning yordamlari bilan tirik qoldi.
Suriyada rejimga qarshi kurash olib borgan turkmanlar, “4 yildan beri rejimga qarshi jang qilyabmiz. Turkman tog’i atrofidagi harbiy faoliyatimiz davom etmoqda”-dedi.

Ularning aytishicha, Keseb hududida tahminan 60 kmlik yo’l nazorat qilinmoqda va bu yo’l ustida vaqti-vaqti bilan rejimga tegishli askarlar bilan jang ketmoqda.

Suriyada urush boshlangandan beri Turkiya u yerda jang qilgan turkmanlarga yordam qo’lini uzatmoqda.
Turkmanlar, “Kurashimiz davom etadi. Bugungacha Turkiyaning yordamlari bilan hayotdamiz. Umid qilamizki, Turkiyaning yordamlari bilan kuch to’plab maqsadimizga erishamiz. Turk xalqi va davlatining Suriya va turkmanlar uchun ko’rsatgan yordamlaridan minnatdormiz”-dedilar.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar