Taner Yildiz, Turkmanistonda

Taner Yildiz Turkmanistonda, Turkiya-Turkmaniston-Ozarbayjon va Yevropa İttifoqi uchrashuvida ishtirok etdi.

258846
Taner Yildiz, Turkmanistonda

Energiya va Tabiiy manbalar vaziri Taner Yildiz turkman tabiiy gazining Kaspiy dengizi orqali o’tkazilishini siyosiy va texnik jihatdan qo’llab-quvvatlaganliklarini aytdi.

Taner Yildiz Turkmanistonda, Turkiya-Turkmaniston-Ozarbayjon va Yevropa İttifoqi uchrashuvida ishtirok etdi.

Turkmaniston poytaxti Ashxobotda uyushtirilgan uchrashuvda Energiya va Tabiiy manbalar vaziri Taner Yildiz, Turkmaniston Vazirlar Kengashi raisi o’rinbosari Boymurod Hojamuhammedov, Ozarbayjon Sanoat va energetika vaziri Natik Aliyev va Energiya ittifoqidan mas’ul Yevropa İttifoqi komissiyasi raisi o’rinbosari Maros Sefovich ishtirok etdilar.

Turkiyaning turkman tabiiy gazining Turkiya orqali Yevropa İttifoqiga yetkazilishi haqidagi ijobiy ko’z qarashini 1990-yillardan beri davom etib kelayotganligi haqida gapirgan Taner Yildiz turkman tabiiy gazining Kaspiy dengizidan o’tkazilishini siyosiy va texnik jihatdan qo’llab-quvvatlaganliklarini aytdi.

Ozarbayjon Sanoat va energetika vaziri Natik Aliyev esa Turkiyaning mega energiya loyihalari bilan mashhur ekanligiga e’tibor qaratib “Tabiiy gaz yuborilgan bozorlar va ishlab chiqaruvchilar qadar Turkiya kabi o’tish mamlakatlari ham katta ahamiyat kasb etadi” deya gapirdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar