Ag'rida terroristlar bilan jang qilgan askarlar yaralandi

Yarador askarlar tez yordam samolyotida Ag'ridan poytaxt Ankaraga olib kelindi.

234248
Ag'rida terroristlar bilan jang qilgan askarlar yaralandi

Turkiyaning sharqida joylashgan Ag’ri viloyatining tog’liq hududida terroristlar bilan jangga qirgan askarlardan 4 nafari yaralandi.
Yarador askarlar dastlab Ag’ri Davlat kasalxonasiga olib kelindi, u yerdagi tibbiy muolajadan so’ng, tez yordam samolyotida poytaxt Ankaraga olib kelindi.
Ankarada Gulhane harbiy tibbiyot akademiyasi GATA kasalxonasiga yotkizildi.
GATAda davolanayotgan askarlarning ahvoli yaxshi.
Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog’lu bilan rafiqasi Sara Davutog’lu yarador askarlarni ko’rish uchun kasalxonaga keldi.
Eslatma: Kecha Ag’rining Diyadin tumani Yukaritutek qishlog’ida qurollangan bir guruh terroristlar bilan kun bo’yi davom etgan otishmalarda 4 askar yaralandi, otishmalar paytida 5 terrorist o’ldirildi, 1 terrorist tiriklayin qo’lga tushirildi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar