Turkiya Isroilga elchi tayinlaydi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li bu haqda Anqarada matbuotga bergan brifingda ma'lum qildi.

1869154
Turkiya Isroilga elchi tayinlaydi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Turkiya Isroilga elchi tayinlashini bildirdi.

Mavlud Chavusho’g’li bu haqda Anqarada matbuotga bergan brifingda ma'lum qildi.

Brifingda Isroil bilan munosabatlarga to’xtalgan Chavusho’g’li, mamlakat bilan Turkiya o’rtasida o’zaro elchi tayinlash qarori olinganini aytdi.

Uning ta'kidlashicha, yangi hukumat ishga kirishgach, Isroilda konstruktiv muloqot jarayoni boshlandi.

"Munosabatlarning normallashuvi borasida olib boradigan qadamlarimizdan biri elchilarni tayinlash edi. Bu borada avval ham ish boshlaganimizni e'lon qilgan edik. Isroil ham ijobiy qadam tashladi. Turkiya sifatida biz Isroilga elchi tayinlashga qaror qildik. Omad yor bo'lsin!",-dedi Mavlud Chavusho’g’li.

U ayni vaqtda “Falastinning huquqlarini himoya qilishga davom etamiz” deb qo'shimcha qildi.

Isroil Bosh vaziri Yair Lapidning idorasi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Isroil Turkiya bilan to'liq diplomatik aloqalarni tiklaydi va munosabatlar to'liq normallashadi.

“Ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarni yana diplomatik darajaga koʻtarish, ikki davlatning elchilari va bosh konsullarini qayta tayinlashga qaror qilindi”, — deyiladi Isroil bayonotida.

Isroil Bosh Vazirligining Twitter sahifasida tarqatilgan postda,

"Turkiya bilan munosabatlarning tiklanishi mintaqaviy barqarorlik uchun muhim qadam va Isroil fuqarolari uchun juda muhim iqtisodiy yangilikdir. Biz Isroilning dunyodagi o'rnini mustahkamlashda davom etamiz. Bosh vazir Yair Lapid va Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng Isroil Turkiya bilan to'liq diplomatik aloqalarni o'rnatdi", degan ifodalarga o'rin berildi.


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #Turkiya

Aloqador xabarlar