Shanliurfadagi chegara zonasida yuz bergan otishmada bir askar halok bo'ldi

Turkiyaning Shanliurfa viloyati Birejik tumanidagi chegara zonasida minomyotdan otishma natijasida yaralangan askar, olib ketilgan shifoxonada vafot etdi.

1869096

Bu haqda Turkiya Milliy mudofaa vazirligi bayonotida qayd etilgan.

“2022-yil 16-avgust kuni Shanliurfaning Birejik tumanidagi chegara zonasi terroristlar tomonidan minomyotlardan oʻqqa tutilishi natijasida yaralanib, kasalxonaga yuborilgan qahramon safdoshimiz Enes Gazi Oʻzdemir shifokorlarning barcha urinishiga qaramay, 2022-yil 17-avgust kuni vafot etdi",-deyiladi Turkiya Milliy mudofaa vazirligi bayonotida.

Tanlangan kalimalar: #Enes Gazi Oʻzdemir , #Turkiya

Aloqador xabarlar