Hulusi Akar Ukraina Mudofaa vaziri bilan muloqot qildi

Suhbat chog'ida Ukrainadagi so'nggi vaziyat va Ukraina donini boshqa davlatlarga xavfsiz yetkazish masalasi yuzasidan fikr almashildi.

1868514
Hulusi Akar Ukraina Mudofaa vaziri bilan muloqot qildi

 

Turkiya Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Ukraina Mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, suhbat chog'ida Ukrainadagi so'nggi vaziyat va Ukraina g'allasini xavfsiz yetkazish masalasi yuzasidan fikr almashildi.

Hulusi Akar darhol o't ochishni to'xtatishga ehtiyoj borligini va Turkiya mintaqada tinchlik o'rnatish va Ukrainaga insonparvarlik yordamini yetkazishda zimmasiga olgan vazifani bajarishda davom etishini yana bir bor ta'kidladi.

Suhbat davomida Ukraina doni va qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetkazish borasidagi o‘zgarishlar hamda Istanbuldagi Qo‘shma muvofiqlashtirish markazi faoliyatlaridan mamnunlik tilga olindi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Oleksiy Reznikov , #Hulusi Akar , #Turkiya , #Ukraina

Aloqador xabarlar