Turkiya harbiy delegatsiyasi AQShga jo'nab ketdi

Turkiya harbiy delegatsiyasi vakillari AQShda F-16 qiruvchi samolyotlarini imkon qadar tezroq sotib olish va modernizatsiya qilish ishlari bo'yicha muzokaralar olib boradi.

1868405
Turkiya harbiy delegatsiyasi AQShga jo'nab ketdi

 

Turkiya Milliy mudofaa vazirligi delegatsiyasi F-16 qiruvchi samolyotlarini xarid qilish masalasi bo'yicha AQShga jo'nab ketdi.

Mazkur ziyorat AQSh rasmiylarining taklifiga binoan amalga oshirilmoqda.

Turkiya harbiy delegatsiyasi vakillari AQShda F-16 qiruvchi samolyotlarini imkon qadar tezroq sotib olish va modernizatsiya qilish ishlari bo'yicha muzokaralar olib boradi.

Milliy mudofaa vazirligi ijtimoiy tarmoqlar orqali bergan bayonotida AQShdan F-16 sotib olish va ularni modernizatsiya qilish masalasi bo'yicha Turkiyada uchta yig'ilish o'tkazilgani eslatildi.

“AQShdan F-16 sotib olish va ularni modernizatsiya qilish bo'yicha Turkiyada 2021-yil dekabr, fevral va 2022-yil mart oylarida muzokaralar oʻtkazildi. Turkiya harbiy delegatsiyasi muzokaralarni davom ettirish uchun AQShga joʻnab ketdi",-deyiladi Milliy mudofaa vazirligi bayonotida.


Tanlangan kalimalar: #F-16 , #AQSh , #Turkiya

Aloqador xabarlar