Turkiya mudofaa vazirligi Kipr masalasi bo'yicha bayonot berdi

Milliy Mudofaa Vazirligi (MMV) Kiprdagi yagona yechimning ikki davlat tuzilmasi sifatida ko'rilishi kerakligini ta'kidladi.

1867849
Turkiya mudofaa vazirligi Kipr masalasi bo'yicha bayonot berdi

 

Milliy Mudofaa Vazirligi (MMV) Kiprdagi yagona yechimning ikki davlat tuzilmasi sifatida ko'rilishi kerakligini ta'kidladi.

Kiprlik turk birodarlarimizning adolatli da'vatlarida doimo yonda bo'lishga davom etamiz"  deya ta’kidlandi.

Milliy Mudofaa Vazirligidan berilgan yozma bayonotda,  rum  terror tashkiloti EOKAning 1958-yildan beri Kipr turklariga muntazam ravishda hujum qila boshlagani eslatildi.

“Bu hujumlar vaqt oʻtishi bilan turklarga qarshi qiynoqlar va vahshiy qotilliklar bilan genotsidga aylandi”, dedi.

1963-yilning 23-dekabrida Kiprda turklarni vahshiyona qirg‘in qilinishi butun dunyo  ko’zi  oldida “Qonli  Noel” sifatida xotiralarga muhrlanganiga diqqat qaratib, quyidagi bayonotlar o‘rin oldi:

"Terroristlar va ularning qo'rqoq tarafdorlari bola, ayol va qariyaga qaramasdan qarindoshlarimizni yo'q qilish uchun hujumlarini uzoq vaqt davom ettirdilar. Qahramon Turk Qurolli Kuchlari (TQK ) 1974 yilning iyul oyida bu zulmni to'xtatish va qayta tiklash uchun harakat qildi. olov joyiga qaytarilgan orolda tinchlik o'rnatildi."48 yil oldin o'z huquqlari doirasida amalga oshirilgan Kipr Tinchlik Harakatida turklarning ham, rumlarning ham xavfsizligi ta'minlandi. Kipr Tinchlik Harakatini ishg’ol deganlar , tarixiy faktlarga e'tibor bermaslik va 1958-1974 yillar oralig'ida sodir bo'lgan qirg'inlarni dunyoning  ko'rishiga yo'l qo'ymaslik uchun  harakat qilmoqdalar"

Bayonotda, Tinchlik operatsiyasidan buyon orolda birorta ham odam halok bo'lmagani yo’q, orolga  tinchlik va osoyishtalik kelgani ta'kidlandi.

"Endi shuni ko'rish kerakki, Kiprdagi yagona yechim yo’li  ikki davlatli tuzilishdir. Kiprlik turk birodarlarimizning adolatli da'volarida doimo yonida bo'lishga davom etamiz!"  deya baholadi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Yechim , #Kipr , #Milliy mudofaa vazirligi

Aloqador xabarlar