Turkiya Qrim tatarlariga yashash uchun uzoq muddatli viza berishni boshladi

Bu huquqdan foydalanmoqchi boʻlganlar “e-ikamet.goc.gov.tr” manziliga yozib, kerakli hujjatlar bilan viloyat migratsiya boshqarmalariga murojaat qilishlari mumkin boʻladi.

1867016
Turkiya Qrim tatarlariga yashash uchun uzoq muddatli viza berishni boshladi

 

Avgust oyi boshidan Turkiya Ichki ishlar vazirligining Migratsiya xizmati Qrim-tatarlarga “turk millatiga mansub vatandosh” maqomini tan olib, ularga uzoq muddatga yashash uchun ruxsatnoma berishni boshladi. 

Ilgari mesxeti turklari, uyg‘urlar, Bolgariya va Gretsiyadan kelgan etnik turklar bu maqom ostida edi. 

"Turkiya ichki ishlar vazirligining migratsiya xizmati avgust boshidan Qrim tatarlariga yashash uchun uzoq muddatli viza berishni boshladi, ular “Turkiy ildizga ega vatandoshlar” maqomiga ega. Avvalroq mesxeti turklari, uyg‘urlar, bolgariyalik va gretsiyalik etnik turklariga ham  shunday maqom berilgan edi", – deb xabar bermoqda “Anadolu” xabar agentligi.

“Anadolu” agentligining Turkiya migratsiya xizmatiga tayanib xabar berishicha, Qrim tatarlari uchun yashash uchun ruxsatnoma ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu nomidan 2022 yil iyunida berilgan. 

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, Turkiyada faqat sakkiz yil davomida uzluksiz bo‘lgan xorijliklar Turkiyada uzoq muddatli yashash uchun ruxsatnoma olishlari mumkin. Bundan buyon Qrim tatarlaridan bu shartni bajarish talab qilinmaydi. 

Ushbu huquqdan foydalanishni xohlovchilar elektron tartibda (e-ikamet.goc.gov.tr) ro‘yxatdan o‘tib, zarur hujjatlar bilan hududiy migratsiya boshqarmalariga murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi. 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada yashayotgan xorijliklarning atigi 5 foizi uzoq muddatga yashash uchun ruxsatnomaga ega. 

Ayni paytda Turkiyada yashovchi turkiy millatga mansub xorijliklarning 75 foizi uzoq muddatli yashash uchun ruxsatnomasini olgan. 

Shu kungacha uyg'urlar, mesxeti turklari, bolgariyalik, gretsiyalik jami 57 ming 56 nafar fuqaroga uzoq muddatli yashash ruxsatnomasi berildi.

Qayd etilishicha, Turkiya Ukraina va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi urushning salbiy ta’sirini boshidan kechirgan turkiy millatga mansub 4296 nafar vatandoshiga shu kungacha yordam qo‘lini cho‘zgan. Ukrainadan kelgan turkiy millatga mansub 2804 kishi, jumladan, 409 nafar Qrim-tatar va 2395 nafar mesxeti turki Turkiyaning besh viloyatidagi maxsus markazlarga joylashtirilgan. Markazlarda urushdan jabrlangan bolalarga salomatlik xizmati, psixolog xizmati va ta’lim kabi xizmatlar ko‘rsatilmoqda.

2002 yildan buyon 101 ming 995 nafar mesxeti turki va 6787 nafar uyg‘ur “Turkiy ildizga ega vatandoshlar” maqomiga ega bo‘lgan shaxslar toifasi bo’yicha Turkiya fuqaroligini olgan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Qrim , #fuqarolik , #Turkiya

Aloqador xabarlar