Mavlud Chavusho’g’li:"Turkiya brendini kuchaytirishda davom etamiz"

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, “Turkiya” brendini kuchaytirishga davom etamiz   dedi . Mevlut Chavusho’g’li 13-Elchilar konferensiyasida so’zladi.

1866534
Mavlud Chavusho’g’li:"Turkiya brendini kuchaytirishda davom etamiz"

 

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, “Turkiya” brendini kuchaytirishga davom etamiz   dedi .

Mevlut Chavusho’g’li 13-Elchilar konferensiyasida so’zladi.

Aloqa nuqtai nazaridan juda muhim bir davrda ekanliklarini qayd etgan Chavusho’g’li, dezinformatsiya va axborot ifloslanishining hayot haqiqati ekanligini, ko’proq asosiy matbuotni qo’lga kiritganliklarini va Turkiya tez-tez salbiy kampaniyalarga duchor bo’lganini izohladi.

Terrorizmga qarshi kurashdan 1915-yil voqealarigacha, Qorabogʻ urushidan Rossiya-Ukraina urushigacha Turkiyaning tuhmat kampaniyalarining nishoni boʻlganini qayd etgan Chavushogʻlu,

"Shu ma'noda aloqa, ehtimol diplomatiyaning eng muhim o'lchovidir. Shu sababli, Vazirligimiz va boshqa manfaatdor tomonlarning aloqa sa'y-harakatlari  va Aloqa rahbariyati tomonidan amalga oshirilgan strategiya doirasida juda muhimdir." dedi.

Mavlud Chavusho’g’li Turkiya radio va televideniye korporatsiyasi (TRT) va Anadolu agentligi (AA) hamda Aloqa boshqarmasi bilan yaqin hamkorlikda ishlaganliklariga e’tibor qaratdi va ayniqsa Antaliya Diplomatiya Forumida (ADF) namunali bir hamkorlik  ekanini bildirdi.

“Turkiya” brendini mustahkamlash uchun birgalikda harakat qilganliklarini ta’kidlagan Tashqi ishlar vaziri

"Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimiz nomini xorijiy tillarda "Turkiye" deb qoʻllash tashabbusi muhim bir  qadamdir. Biz bu borada barcha xorijiy vakolatxonalarimiz bilan qattiq ishlashda davom etamiz." dedi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, Turkiya brendini kuchaytirishga davom etamiz   dedi  

 



Aloqador xabarlar