Erdo‘g‘an va Ilhom Aliyev Qorabog‘dagi vaziyatni muhokama qildi

Erdo‘g‘an Qorabog‘dagi so‘nggi voqealar munosabati bilan Turkiyani yana bir bor qo‘llab-quvvatlashini bildirgan, shuningdek qurbonlarning borligi munosabati bilan hamdardlik bildirgan.

1866077
Erdo‘g‘an va Ilhom Aliyev Qorabog‘dagi vaziyatni muhokama qildi

 

Kecha, 9 avgust kuni Konya shahrida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘anning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Prezident Ilhom Aliyev 5-Islom birdamlik o‘yinlarining ochilish marosimiga taklif qilgan Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘anga minnatdorlik bildirgan. 

Turkiya rahbari ham, o‘z navbatida, taklifni qabul qilib, tadbirda ishtirok etgani uchun Prezident Ilhom Aliyevga minnatdorlik bildirdi. 

Ozarbayjon rahbari ham Erdo’g’anni Islom birdamlik o‘yinlarining ajoyib tashkil etilgani bilan tabrikladi.

Suhbat chog‘ida mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik, qardoshlik va ittifoqchilik munosabatlari barcha sohalarda muvaffaqiyatli rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan ta’kidlangan. 

Erdo‘g‘an Qorabog‘dagi so‘nggi voqealar munosabati bilan Turkiyani yana bir bor qo‘llab-quvvatlashini bildirgan, shuningdek qurbonlarning borligi munosabati bilan hamdardlik bildirgan. 

Uchrashuvda mintaqadagi urushdan keyingi davr yuzasidan fikr almashilgan, iqtisodiyot, energetika, transport va harbiy sohalardagi hamkorlik masalalari ham muhokama qilingan.

Eslatish joizki, 3 avgust kuni Ozarbayjon bilan to‘qnashuv chizig‘ida vaziyatning keskinlashishi oqibatida ikki nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgan, yana 14 nafari jarohatlangan edi.

Tog‘li Qorabog‘ Mudofaa vazirligi xabar qilishicha, ayni vaqtda vaziyat nisbatan sokinlashgan, Tog‘li Qorabog‘ kuchlari rossiyalik tinchlikparvar kuchlar bilan birga vaziyatni barqarorlashtirish ustida ish olib bormoqda. 

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi “Qasos” amaliyoti o‘tkazilganini ma’lum qildi. Amaliyot boshlanishiga Lochin viloyati yo‘nalishidagi pozitsiyalariga arman qurolli tuzilmalari o‘t ochgani sabab bo’lgandi. Hujum oqibatida bir nafar harbiy halok bo’lgandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Qorabog' , #Ilhom Aliyev , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar