Hulusi Akar:"Ukraina portlarida minalar bilan bog‘liq muammo yo‘q"

Turkiya Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Anqarada bo'lib o'tgan 13-Elchilar konferensiyasining ikkinchi kuni ma'ruza qildi.

1865571
Hulusi Akar:"Ukraina portlarida minalar bilan bog‘liq muammo yo‘q"

 

Turkiya Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Anqarada bo'lib o'tgan 13-Elchilar konferensiyasining ikkinchi kuni ma'ruza qildi.

"Terror mintaqalaridagi operatsiyalarimizning hech biri ishg'ol harakati emas. Biz terrorchilarga qarshi kurashyabmiz. Yagona o'ljamiz  terroristlardir. Ularga qarshi kurashimizni davom ettiramiz",-deb aytgan Hulusi Akar tadbirda so'zlagan nutqida.

Hulusi Akarning ta'kidlashicha, Iroq shimolidagi "Panja-qulf" operatsiyasida yo'q qilingan terroristlar soni 311 nafarga yetdi.

"Biz xalqimizni terror balosidan qutqarishga ahd qildik. Biz bosqinchilik harakatini amalga oshirmayapmiz, terrorchilarga qarshi kurashyapmiz. Aynan oʻsha yerda terrorchi deyarli bizning nishonimiz.  "Panja-qulf" operatsiyasida yo'q qilingan terrorchilar soni 311 nafarga yetdi. Bundan buyon hech qachon terror yo'lagiga yo'l qo'ymaymiz. Hamma joyda terrorchilar bizning o'ljamiz. Hamkorlarimiz o'z va'dalarini bajaradi degan umiddamiz. Rejim va terroristlar bosimi ostida qolgan begunoh suriyaliklarning vataniga eson-omon qaytishi nuqtai nazaridan amaliyotlarimiz muhim”,-dedi Hulusi Akar.

Akar Turkiyaning diplomatik sa'y-harakatlari bilan hal qilingan don inqirozidan keyin Ukraina portlarini tark etgan kemalar haqida shunday dedi:

"Urush bo'lyabdi, lekin bu insonparvarlik masalasini hal qilish kerak. Qo'shma nazoratlar olib borilmoqda. Bu juda yaxshi ketmoqda. G‘alla eksport qilishda Ukraina portlarida minalar bilan bog‘liq muammo yo‘q. Umid qilamizki, don masalasidagi yechim jarayoni ham tinchlik uchun umid paydo qiladi".

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Hulusi Akar

Aloqador xabarlar