Turkiya Prezidenti Erdo‘g‘an Sochiga tashrif buyurdi

Qayd etilishicha, soat 15:00 da Erdo‘g‘an Putin bilan yuzma-yuz, so‘ngra delegatsiyalar tarkibida uchrashishni rejalashtirgan.

1864374
Turkiya Prezidenti Erdo‘g‘an Sochiga tashrif buyurdi

 

Bugun, 5 avgust kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Sochiga tashrif buyurdi. U kun oxiriga qadar Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazadi. 

Qayd etilishicha, soat 15:00 da Erdo‘g‘an Putin bilan yuzma-yuz, so‘ngra delegatsiyalar tarkibida uchrashishni rejalashtirgan.

Erdo‘g‘anga safarda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li, Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Energetika va tabiiy resurslar vaziri Fotih Do‘nmez, G‘aznachilik va moliya vaziri Nureddin Nebati, Savdo vaziri Mehmet Mush, Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Vahit Kirishi, MRT rahbari Hakan Fidan, Prezidentning rasmiy vakili Ibrohim Kalin, Aloqa bo‘limi rahbari Fahrettin Altun, Mudofaa sanoati boshqarmasi boshlig‘i Ismoil Demir hamrohlik qilmoqda. 

Oliy darajadagi muzokaralar kun tartibida Turkiya qurolli kuchlarining Suriya shimolida yangi aksilterror operatsiyasi o‘tkazishga tayyorlanayotgani ustuvor masala hisoblanadi. 

Turkiya rahbari 2019 yilda Suriya bo‘yicha Rossiya-Turkiya kelishuvini amalga oshirish muhimligini bir necha bor ta’kidlagan. 10 banddan iborat ushbu kelishuvga muvofiq, Rossiya PKK terror tashkilotining Suriya qanoti otryadlarini Turkiya chegaralaridan olib chiqish majburiyatini oldi. Bu element hali tugallanmagan. 

Bundan tashqari, Erdo‘g‘an va Putin Rossiya-Ukraina urushi, Rossiya Federatsiyasi va Ukraina o‘rtasidagi “don kelishuvi”ni amalga oshirish masalalarini muhokama qiladi. 

Ukraina doni bilan birinchi kemaning Odessa portlaridan jo‘nab ketishi fonida Turkiya va Rossiya Federatsiyasi rahbarlari “don yo‘lagi” samaradorligini oshirish yo‘lidagi muammolarni bartaraf etish choralarini muhokama qiladilar. 

Ukrainadagi urush mavzusiga to‘xtalar ekan, Turkiya Prezidenti Anqaraning qon to‘kilishini to‘xtatish va o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga erishish uchun qo‘shimcha hissa qo‘shishga tayyorligiga e’tibor qaratdi. 
Nihoyat, Turkiya va Rossiya yetakchilari ikki davlat o‘rtasidagi savdo hajmini oshirish, hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, energetika va mudofaa sanoatida strategik loyihalarni amalga oshirish mavzularini muhokama qiladi.


Tanlangan kalimalar: #Putin , #Sochi , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar