Erdo'g‘an ertaga Sochida Vladimir Putin bilan uchrashadi
Yetakchilar bo‘lib o‘tadigan muzokarada ikki tomonlama hamkorlik va boshqa bir qator masalalarni muhokama qiladi.
1863857

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g‘an ertaga, 5 avgust kuni Sochida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv o'tkazadi.
Yetakchilar bo‘lib o‘tadigan muzokarada ikki tomonlama hamkorlik va boshqa bir qator masalalarni muhokama qiladi.
Bu haqda “Anadolu” axborot agentligi ma’lum qildi.
Xabarda Turkiya rahbari 5 avgust kuni Sochiga tashrif buyurib, rossiyalik hamkasbi bilan iqtisodiyot, Suriya va Ukrainadagi vaziyat, shuningdek, Ukraina portlaridan g‘alla eksporti bo‘yicha muzokara o‘tkazishni rejalashtirayotgani aytilgan.