Chavusho‘g‘lu O‘zbekistonga bo‘lgan tashrifi ortidan Kambodjaga ketdi

Mevlut Chavusho‘g‘lu navbatdagi ASEAN-Turkiya tarmoqli muloqat sherikligi yig‘ilishida ishtirok etadi.

1862901
Chavusho‘g‘lu O‘zbekistonga bo‘lgan tashrifi ortidan Kambodjaga ketdi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu navbatdagi (Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari uyushmasi) ASEAN-Turkiya tarmoqli muloqat sherikligi yig‘ilishida ishtirok etadi.

Mevlut Chavusho‘g‘lu O‘zbekiston poytaxti Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Turkiya-O‘zbekiston-Ozarbayjon” Tashqi ishlar, Savdo va Transport vazirlari yig‘ilishi ortidan ASEAN-Turkiya tarmoqli muloqat sherikligi yig‘ilishida ishtirok etish maqsadida Kambodjaga ketdi.

Chavusho‘g‘luning ASEAN davriy rahbari, Kambodja Bosh vazir o‘rinbosari, Tashqi va xalqaro hamkorlik vaziri Prak Sokhonn va ASEAN Bosh kotibi Lim Jok Xoy bilan bo‘lib o‘tadigan uch tomonli yig‘ilishda, Turkiya-ASEAN munosabatlarining hozirgi holatini baholab, kelajak uchun aniq hamkorlik takliflarini muhokama qilishi kutilmoqda.



Aloqador xabarlar