Mevlut Chavusho‘g‘lu o‘zbekistonlik kasbdoshi Vladimir Norov bilan uchrashdi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, “Turkiya-O‘zbekiston-Ozarbayjon” Tashqi ishlar, Savdo va Transport vazirlari yig‘ilishida ishtirok etish uchun poytaxt Toshkentda.

1862460
Mevlut Chavusho‘g‘lu o‘zbekistonlik kasbdoshi Vladimir Norov bilan uchrashdi

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu,  “Turkiya-O‘zbekiston-Ozarbayjon” Tashqi ishlar, Savdo va Transport vazirlari yig‘ilishida ishtirok etish uchun borgan poytaxt Toshkentda, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov bilan uchrashdi.

Matbuotga yopiq tarzda o‘tkazilgan uchrashuv oldidan gapirgan Chavusho‘g‘lu, bugun bo‘lib o‘tadigan Turkiya-Ozarbayjon-O‘zbekiston Tashqi ishlar, Savdo va Transport vazirlari yig‘ilishining ayniqsa qardosh davlatlar o‘rtasidagi savdo, logistika, transport va energetika sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish jihatidan muhim ekanini ta’kidladi. Chavusho‘g‘lu ushbu yig‘ilishning shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘z yurti uchun ilgari surgan rejalar bilan ham mos kelishini qayd etdi.

O‘zaro munosabatlarning oxirgi marotaba O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan Oliy Darajali Strategik Hamkorlik kengashi yig‘ilishi bilan keng ko‘lamli strategik hamkorlik darajasiga olib chiqilganiga e’tibor qaratgan Chavusho‘g‘lu, bu doirada o‘zaro savdo hajmining tobora ortgani va uni 10 milliard dollarga yetkazish niyatida ekanliklarini ifoda etdi.

Norov ham O‘zbekiston va Turkiyaning strategik sherik ekaniga e’tibor qaratgan holda, ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy, savdo, iqtisodiy, madaniy va insoniy aloqalar so‘nggi yillarda jadal rivojlanib borayotganini qayd etdi.

Norov, munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani ikki tomonlama hamkorlikni yanada jadallashtirish va rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

O‘zbekiston sobiq Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov, 27-aprel kuni Milliy Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari etib tayinlangani bois Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vladimir Norov, Prezident tomonidan Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.

 



Aloqador xabarlar