PKK/YPG terror tashkilotiga a’zo 7 terrorist yoʻq qilindi

Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorga qarshi kurashi, mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.

1861167
PKK/YPG terror tashkilotiga a’zo 7 terrorist yoʻq qilindi

Suriyaning shimolida PKK/YPG terror tashkilotiga a’zo 7 terrorist yoʻq qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi mavzu haqida bergan bayonotida:

“Terroristlarning igʻvogarchiligi javobsiz qolmayapti. Suriya shimolida Firat qalqoni amaliyoti olib borilgan hududda igʻvogar tusda oʻq uzgan PKK/YPG terror tashkilotiga a’zo 7 terrorist, Turk Qurolli kuchlarimiz tomonidan yoʻq qilindi”.-degan ifodalarga oʻrin berildi.

Turk Qurolli kuchlari Suriyaning shimoliy qismini (Azez, al-Bab) terrordan 2016-yilning 24-avgustidan 2017-yilning 29-martigacha uyushtirgan “Firat qalqoni” amaliyoti orqali qutqargandi.



Aloqador xabarlar