Turkiya BMTda Iroqqa terrorizmga qarshi kurash javobi

Turkiya har doim Iroqning suvereniteti va hududiy yaxlitligini kuchli qo'llab-quvvatladi va Iroqning hududiy yaxlitligi va suvereniteti terror tashkilotlari tomonidan poymol qilinganini bildirdi.

1860105
Turkiya  BMTda Iroqqa terrorizmga qarshi kurash javobi

 

Turkiya har doim Iroqning suvereniteti va hududiy yaxlitligini kuchli qo'llab-quvvatladi va Iroqning hududiy yaxlitligi va suvereniteti terror tashkilotlari tomonidan poymol qilinganini bildirdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Xavfsizlik Kengashi 20 iyul kuni Iroqning shimolidagi Duhok shahrida 9 nafar tinch aholining hayotiga zomin bo'lgan hujum yuzasidan yig'ildi.

Turkiyaning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili O'nju Kecheli Kengashdagi nutqida Turkiya hujumdan so'ng darhol Iroq hukumati va Iroq Kurd mintaqaviy hukumati bilan aloqaga o’tganini , Tashqi ishlar vazirligi bayonot berganligini bildirdi. Turkiya  haqiqatni oshkor etishi uchun har qadamni  tashlashga   tayyor ekanini bildirganini  aytdi.

Kecheli, Anqara hamda Turkiyaning Bag'doddagi elchixonasi va Erbil bosh konsulligidagi turk rasmiylari ham shunga o'xshash xabarlarni bildirganligini va yuqorida tilga olingan bayonotlarda ayblovlar rad etilganini, tergovning Iroq hukumati tomonidan amalga oshirilishini qo'llab-quvvatlagan. Bu Turkiyaga qarshi birinchi tuhmat kampaniyasi emasligi eslatildi.

2021-yil 22-avgust kuni (Duhokda) xuddi shu hududda bir avtomobilga uyushtirilgan hujum natijasida 2 nafar Iroqlik sayyohning hayotdan koʻz yumganini eslatgan Kecheli, bu hujumdan soʻng darhol Turkiyani ayblash uchun kampaniya boshlanganini, ammo voqeadan  bo'lginchi terror tashkiloti PKK mas'ul ekanini aytdi.

O’nju Kecheli,

"Turkiya har doim Iroqning suvereniteti, hududiy yaxlitligi, barqarorligi va farovonligini kuchli qo'llab-quvvatlagan. Aksincha da'volar haqiqatga to'g'ri kelmaydi va g'arazlidir. Aniq aytaylik: Iroqning suvereniteti va hududiy yaxlitligi Turkiya tomonidan emas, terror tashkilotlari tomonidan buzilmoqda ". deya qayd etdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Javob , #Terrro , #Iroq , #BMT , #Turkiya

Aloqador xabarlar