Prezident Erdoʻgʻan amaliy tashrif bilan Eronda

Prezident Erdo‘g‘an Ibrohim Raisiyning taklifiga binoan Eronga amaliy tashrif uyushtirdi.

1856567
Prezident Erdoʻgʻan amaliy tashrif bilan Eronda

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan amaliy tashrif bilan Eronda.

Kecha kechqurun poytaxt Tehronga yetib borgan Erdoʻgʻan uchun bugun ertalab rasmiy kutib olish marosimi uyushtirildi.

Tashrif doirasida Prezident Erdoʻgʻan bilan eronlik hamkasbi Ibrohim Raisiy, Turkiya-Eron Oliy darajali hamkorlik kengashining yettinchi yigʻilishiga rahbarlik qiladi.

Tegishli vazirlar ishtirokida boʻlib oʻtadigan Kengash yigʻilishida Turkiya-Eron munosabatlari har jihatdan koʻrib chiqiladi va oʻzaro hamkorlikni yaxshilash uchun tashlanishi mumkin boʻlgan qadamlar muhokama qilinadi.

Uchrashuvlarda Suriya bosh boʻlish bilan birga mintaqaviy va global muammolar yuzasidan ham fikr almashiladi.

Prezident Erdo‘g‘an huddi shu kuni Eron Prezidenti Raisiy mezbonligida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin ishtirokida o‘tkaziladigan Ostona formatidagi yettinchi yig‘ilishda ishtirok etadi.

Prezident Erdo‘g‘an, sammit munosabati bilan rossiyalik kasbdoshi Putin bilan ham o‘zaro uchrashuv o‘tkazadi.

 



Aloqador xabarlar