Harbiy hay'atlar oziq-ovqat inqirozini hal qilish maqsadida Istanbulda muzokara o‘tkazadi

Turkiya, Rossiya Federatsiyasi va Ukraina mudofaa vazirliklarining harbiy hay’atlari bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti hay’ati, oziq-ovqat inqirozini hal qilish maqsadida Istanbulda muzokara o‘tkazadi.

1854759
Harbiy hay'atlar oziq-ovqat inqirozini hal qilish maqsadida Istanbulda muzokara o‘tkazadi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Ukraina portlarida kutib turgan donning dengiz yo‘li orqali xavfsiz ravishda tashilishi ustidan harbiy hay‘atlar o‘rtasida uyushtirilgan muzokaralarning ertaga (bugun) Istanbulda o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Akar mavzu haqida bergan bayonotida, Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning “oziq-ovqat inqirozi”ni hal qilish ustidan olib borgan diplomatik sa’y-harakatlari va ko‘rsatmalari doirasidagi muzokaralarning ijobiy natija berayotganini qayd etdi.

Huddi shu sa’y-harakatlar asosida shaxsining ham Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Ukraina Mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov bilan uchrashganini yodga solgan Akar, buning ortidan xalqaro hamjamiyatda “qizil chiziq” degan so‘zlar bilan ifoda etilgan Turkiya bilan Ukraina va Rossiya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatilganini bildirdi.

Oziq-ovqat inqirozining yechimi uchun Milliy Mudofaa vazirligi hay’atining Rossiya poytaxti Moskvaga borib Rus harbiy hay’ati bilan uchrashgani keyinchalik esa, Ukraina harbiy hay’atining Milliy Mudofaa vazirligiga kelgani haqida gapirgan Hulusi Akar:

“Bu uchrashuvlardan so‘ng ertaga (bugun) Istanbulda Ukraina portlarida kutib turgan donning jahon bozoriga dengiz yo‘li orqali xavfsiz ravishda tashilishi uchun Turkiya, Rossiya Federatsiyasi va Ukraina mudofaa vazirliklarining harbiy hay’atlari bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti hay’ati muzokara o‘tkazadi”,-deya gapirdi.



Aloqador xabarlar