Turkiya, Eronda sodir bo'lgan zilzila oqibatida halok bo'lganlar uchun hamdardlik bildirdi
Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan yozma bayonotda, Eronda markazi Hormuzgan bo'lgan zilzila sodir bo'lganini chuqur qayg'u bilan o’rgandik.
1851093

Turkiya, Eronda sodir bo'lgan zilzila oqibatida halok bo'lganlar uchun hamdardlik bildirdi.
Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan yozma bayonotda, Eronda markazi Hormuzgan bo'lgan zilzila sodir bo'lganini chuqur qayg'u bilan o’rgandik.
Bayonotda,
Zilzila oqibatida halok bo‘lganlarni Alloh rahmatiga olgan bo‘lsin, do‘st va qo‘shni Eron xalqi va hukumatiga, ayniqsa, ularning oila a’zolariga hamdardlik bildiramiz, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz”. Ifodalari o’rin oldi.
Eron janubidagi Hurmuzg‘on viloyatida juma kuni kechqurun birin-ketin sodir bo‘lgan 6 magnitudadan yuqori bo‘lgan uchta zilzila oqibatida 5 kishi halok bo‘lgani, 84 kishi tan jarohati olgani ma’lum qilindi.