Fahrettin Altun Altun,tinchlik uchun harakat qilishimiz kerak dedi

Prezidentlik aloqa direktori Fahrettin Altun, Rossiya-Ukraina urushi davrida Turkiyaning har qanday sharoitda maqsadi adolatli tinchlikka hissa qo'shish ekanligini bildirdi.

1848765
Fahrettin Altun Altun,tinchlik uchun harakat qilishimiz kerak dedi

 

Prezidentlik aloqa direktori Fahrettin Altun, Rossiya-Ukraina urushi davrida Turkiyaning har qanday sharoitda maqsadi adolatli tinchlikka hissa qo'shish ekanligini bildirdi.

Altun, 5-iyul kuni bo’lib o’tadigan 3-Turkiya-Italiya hukumatlararo sammiti oldidan Italiyaning Il Messaggero gazetasining savollariga javob berdi.

Turkiyaning Ukrainada tinchlikni ta'minlash uchun harakat qilayotganini eslatib, urushni to'xtatib, tinchlik kelishuviga erishish mumkinmi degan savolga Turkiyaning alohida mavqei borligini va Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning kuchli rahbarligida bu hokimiyat Ukraina inqirozi boshidan beri qo'llanilayapti.Uni tinchlik uchun foydalanishga harakat qilmoqdalar.

Ukrainada urush boshlanishi bilan Montrö konventsiyasini tatbiq etib, harbiy kemalarning Qora dengizga o'tishini to'xtatganliklarini ifoda etgan Altun, Ukraina xalqiga muhim miqdorda gumanitar yordam yetkazganliklarini ham qayd etdi.

Fahrettin Altun shunday davom etdi:

"Turkiyaning maqsadi har qanday sharoitda ham adolatli tinchlikka hissa qo'shishdir. Boshqa tomondan, bu urushni iloji boricha cho'zishdan foyda olishiga ishongan aktyorlar ham bor. Ular "Urush davom etsa, Rossiya zaiflashadi" deb o'ylaydi. Ular ukrainaliklarni urushni uzaytirish uchungina qo'llab-quvvatlamoqda. Turkiya bundan buyon hech qachon ulardan biri bo'lmagan. Bu ham bo'lmaydi. Biz tinchlikka ishonishimiz va tinchlikka intilishimiz kerak."

Aloqa direktori Altun, Turkiyaning Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga a'zoligiga qarshi ekanligini eslatish yuzasidan quyidagi fikrlarni o'rtoqlashdi:

"Yevropa Ittifoqining terror tashkilotlari ro'yxatida bo'lishiga qaramay, PKK tegishli mamlakatlarda (Shvetsiya va Finlyandiya) pul yig'ish, jangari yollash va tashviqot olib borishiga to'sqinlik qilinmayapti. Xuddi shunday PKKning Suriyadagi bo'limi YPG va Turkiyada davlat to'ntarishiga uringan FETO. Shvetsiyaga xavfsiz port  holiga kelgan. Bu mavzularda doimiy va aniq qadamlar tashlanganiga ishonch hosil qilmagunimizcha, Shvetsiya va Finlyandiyaning NATO a'zoligiga rozi bo'la olmaymiz" dedi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar