Vitse-prezident Fuat  O’ktay Jazoirda

Jazoirning Oran shahridagi bir turk shirkatining Jazoirdagi temir-po'lat sanoati ishlab chiqarishini ko'zdan kechirgan va rasmiylardan ma'lumot olgan O’ktay, so'ngra korxonada ishlayotgan turk ishchilar bilan uchrashdi.

1848197
Vitse-prezident Fuat  O’ktay Jazoirda
oktay cezayir akdeniz oyunları.jpg
akdeniz oyunları.jpg

Vitse-prezident Fuat O’ktay,

– 2021-yil yakuni bo‘yicha mamlakatimiz kompaniyalarining xorijdagi kapital pozitsiyasi 46,5 milliard dollarga yetdi. dedi.

Jazoirning Oran shahridagi bir turk shirkatining Jazoirdagi temir-po'lat sanoati ishlab chiqarishini ko'zdan kechirgan va rasmiylardan ma'lumot olgan O’ktay, so'ngra korxonada ishlayotgan turk ishchilar bilan uchrashdi.

Turkiyaning Jazoir bilan aloqalari nafaqat ikki davlatning, balki mintaqaning tinchligi, barqarorligi va farovonligi uchun ham ajralmas ekanligini ta'kidlagan O’ktay:

"Bizni butun dunyoda vakillik qilayotgan xodimlarimiz bilan faxrlanamiz. 2021-yil oxiriga kelib mamlakatimiz kompaniyalarining xorijdagi kapital pozitsiyasi 46,5 milliard dollarga yetdi. Shimoliy Afrika davlatlarining umumiy hajmdagi ulushi 4,1 foizni tashkil etadi. Bugungi kunda Turkiyaning Jazoirdagi sarmoyasi 5 milliard dollarga yetdi va hali ham o'sishda davom etmoqda”.

Boshqa tomondan, Vitse-Prezident O’ktay, Oran shahridagi Olimpiya stadionida o'tkazilgan 19. O'rta Yer dengizi o'yinlarining ochilishiga qatnashdi.

Ochilish oldidan uyushtirilgan tantanali ziyofatda O’ktay Prezident Abdulmejid Tebbun va Qatar Amiri Tamim bin Hamed es-Sani bilan uchrashdi.

Ovqatdan so'ng O’ktoy o'yinlar o'tkaziladigan stadionga tashrirf buyurdi.

Bu yerda u boshqa davlat rahbarlari bilan ochilish marosimini tomosha qildi.

Turkiya 19. O’rta Yer dengizi o’yinlarida 321 sportchi bilan 24 ta turli sohada  namoyandalik qilmoqda

 

 

 



Aloqador xabarlar