Ibrohim Kalin:"Turkiyaning xavotirlari bilan bog'liq muzokaralar davom etadi"

Prezidentlik voizi Ibrahim Kalin, Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga murojaat qilishi va Turkiyaning xavotirlari bilan bog'liq muzokaralarning davom etishini, Madrid sammitining esa oxirgi muddat emasligini bildirdi.

1846208
Ibrohim Kalin:"Turkiyaning xavotirlari bilan bog'liq muzokaralar davom etadi"

 

Prezidentlik voizi Ibrahim Kalin, Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga murojaat qilishi va Turkiyaning xavotirlari bilan bog'liq muzokaralarning davom etishini, Madrid sammitining esa oxirgi muddat emasligini bildirdi.

Ibrahim Kalin va Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari elchi Sedat O'nal Belgiya poytaxti Bryusseldagi NATO qarorgohida Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga a'zolik arizasi ustida ishlash uchun uchrashuv o'tkazdi.

Bu yerda matbuotga bayonot bergan Kalin, a'zolik arizalari bilan bog'liq muzokaralarning davom etishini, Ispaniyaning poytaxti Madridda 29-30 iyun kunlari bo'lib o'tadigan sammitning oxirgi muddat emasligini ta'kidladi.

Kalin, NATOning bir xavfsizlik ittifoqi ekanligini va Ittifoqqa a'zo bo'lmoqchi bo'lgan o'lkalarning NATO muqarrarligini to'liq tatbiq etish va a'zo davlatlar tomonidan bildirilgan xavfsizlik muammolarini qondirish majburiyati borligini bildirganliklarini bildirdi.

Kalin, keyingi jarayonda belgilovchi omilning ikki davlat tomonidan olib boriladigan aniq qadamlar ekanligiga diqqat qaratdi.

Prezidentlik voizi Kalin, bo'lginchi terror tashkiloti PKKning Shvetsiyadagi targ'ibot harakatlarini "Tashkilotning yillar davomida (bu o'lkada) mavjudligining aniq ko'rsatkichi" deb baholadi. Kalin

“PKKning Yevropaning qoq markazida xuddi bu davlatlarni qo’lga olgandek bir faoliyat zanjirida bo’lishi qabul qilib bo’lmas” deb, bu mavzuni yaqindan kuzatib borayotganliklarini qayd etdi.

NATOdan berilgan yozma bayonotda, Bosh kotib Yens Stoltenbergning taklifiga binoan Turkiya, Finlyandiya va Shvetsiyadan yuqori martabali mulozimlarning Bryusseldagi qarorgohida uchrashgani bildirildi.

Bayonotda, Finlyandiyada oldinga siljish maqsadida Turkiya tomonidan kun tartibiga olib kelingan xavfsizlik muammolari va Shvetsiyaning NATOga a'zolik arizalari muhokama qilingan muzokaralar haqida Stoltenbergning quyidagi fikrlari bildirildi:

"Turkiyaning terrorizm bilan bog'liq hal qilishimiz kerak bo'lgan qonuniy xavfsizlik xavotirlari bor. Shuning uchun Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga a'zolik arizalari haqidagi muhokamalarimizni davom ettiramiz va imkon qadar tezroq yo'l topishni intiqlik bilan kutmoqdamiz".

Bayonotda, muzokaralarning yaqin kunlarda davom etishi qayd etildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar