Prezident Erdo‘g‘an: So‘nggi 20 yilda 5,9 milliard tup ko‘chat ekildi
17-iyun Jahon cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash kuni.
1845078

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Jahon cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash kuni bilan tabrikladi.
Prezident Erdo‘g‘an o‘zining Twitterdagi sahifasi orqali mavzu haqida:
“Kelajak avlodlarga yashash uchun qulay muhit qoldirish maqsadida xabardorlik hissini paydo qilishni ko‘zlagan Butunjahon cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash kuni bilan tabriklayman”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.
Unga ilova etilgan suratda, so‘nggi 20 yilda 5,9 milliard tup ko‘chat ekilganiga e’tibor qaratgan Prezident Erdo‘g‘an:
“O‘rmonimiz 2002-yilda 20,8 million gektarni tashkil etar ekan, 2022-yilga kelib bu maydon 23,1 million gektarga yetdi”.-dedi.