Mavlud Chavusho’g’li Serbiyaga tashrif buyurdi

Mavlud Chavusho’g’li poytaxt Belgradda Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich tomonidan qabul qilindi.

1844277
Mavlud Chavusho’g’li Serbiyaga tashrif buyurdi

 

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Serbiyaga rasmiy ziyorat amalga oshirdi.

Mavlud Chavusho’g’li poytaxt Belgradda Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich tomonidan qabul qilindi.

Vuchich va Chavusho’g’li delegatsiyalar o’rtasida bo'lib o'tgan muzokaralarda ham ishtirok etdi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan qilingan yozma bayonotga ko'ra, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Shimoliy Makedoniyaning Ohrid shahrida bo'lib o'tadigan "2-Prespa Dialog Forumi"da ishtirok etadi. Chavusho'g'li forum ochilishida ma'ruza qiladi. U shuningdek, tadbir doirasida Shimoliy Makedoniyadagi turk jamiyati vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o'tkazadi.

Ta'kidlanishicha, Mavlud Chavusho’g’lining Bolqon davlatlariga tashrifi 19-iyungacha davom etadi.  Chavusho’g’li Serbiyadan keyin Xorvatiya, Bosniya-Gersegovina va Kosovoga ham ziyorat amalga oshirishi rejalashtirilgan.


Tanlangan kalimalar: #Mavlud Chavusho'g’li , #Serbiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar