Erdo'g’an NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan muloqot qildi

Turkiya Prezidenti Аdministratsiyasi Kommunikatsiyalar boshqarmasi  tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, suhbat chog'ida Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga arizasi muhokama qilindi.

1844107
Erdo'g’an NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan muloqot qildi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an kecha, 15-iyun kuni NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat chog'ida Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga arizasi muhokama qilindi.

Turkiya Prezidenti Аdministratsiyasi Kommunikatsiyalar boshqarmasi  tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Erdog’an muloqot davomida Turkiyaning Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga a’zolik talabi bilan bog’liq haqli xavotirlarini bartaraf etish uchun qadam tashlash kerakligini takrorladi.

"Suhbat chog‘ida Prezident Erdo‘g‘an Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lish masalasida Turkiyaning haqli xavotirlarini bartaraf etadigan qadamlar qo‘yishi zarurligiga e’tibor qaratdi. Prezident ikki davlat terrorizmga qarshi kurash va mudofaa sanoati sohasida hamkorlik bo‘yicha paradigmani o‘zgartirish bo‘yicha yozma majburiyatlarni olmasdan turib, bu jarayonda oldinga siljish mumkin emasligini ta’kidladi”, deyiladi bayonotda.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #NATO , #Yens Stoltenberg , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar