TRT Xalqaro Metaverse va nashriyot forumi o’z faoliyatini boshladi

Istanbulda Turkiya teleradiokompaniyasi tomonidan uyushtirilgan xalqaro tadbirda TRT Bosh direktori Mehmet Zohid Sobaji ma'ruza qildi.

1841305
TRT Xalqaro Metaverse va nashriyot forumi o’z faoliyatini boshladi
zahid sobacı.jpg

 

Istanbulda Turkiya teleradiokompaniyasi tomonidan uyushtirilgan “TRT Xalqaro Metaverse va nashriyot Forumi” o’z faoliyatini boshladi.

Tadbirda Turkiya Prezidenti Аdministratsiyasi Kommunikatsiyalar boshqarmasi boshligʼi Fahrettin Altun ma’ruza qildi.

“Turkiya kabi bir kuchning barcha imkoniyatlari bilan “metaverse” – virtual olam insho etish jarayonining bir qismi boʻlishi kerakligiga ishonamiz”,-dedi u.

Uning ta’kidlashicha, terroristik oqimlar ijtimoiy tarmoqlar orqali hech qanday to’siqlarsiz propoganda qilmoqda.

“Ijtimoiy media platformalarining qayerga kelib qolganiga nazar tashlasak, ular dunyoga tatbiq etayotgan fashizmni butun insoniyatga “demokratiya” nomi bilan bozorga chiqarayotganini ko‘rsak, jiddiy bir xavf bilan yuzlashayotganimizni bildiramiz”,-dedi Fahrettin Altun forum ochilishida so’zlagan nutqida.

“Terror tashkilotlari hech qanday aralashuvsiz tashviqot olib borgan bu muhitda o'zlari yoqtirmagan ovozlarni qanday bostirishlarini juda yaxshi bilamiz. Mana shu sabablarga ko'ra, Turkiya kabi bir kuchning barcha imkoniyatlari bilan "metaverse" insho etish jarayonining bir qismi bo'lishi kerakligiga ishonamiz",-dedi u.

Mazkur xalqaro tadbirda TRT Bosh direktori Mehmet Zohid Sobaji ham ma’ruza qildi.

“TRT "metaverse"da old saflarda o’z o’rnini egallashi va bu borada eng kuchli eshittirish kompaniyalaridan biriga aylanishi uchun Turkiya va dunyoning yetakchi "metaverse" dizayn va texnologiya kompaniyalari bilan hamkorlikda dizayn va texnologik infratuzilma ishlarini boshladik”,-dedi TRT Bosh direktori.

Forum doirasida turk va xorijlik mehmonlar ishtirokida "Metaverseni loyihalash", "Insoniyat 2.0: Navbatda nima bor?, “Metaverse” bizga nima va'da qilmoqda?” Insoniyatni nima kutmoqda?", "Metaversedagi o'yinlar va startaplar", "Odamlar uchun imkoniyatlar", "Metaversedagi OAV, san'at, moda va ta'lim" mavzularida panellar bo'lib o'tadi.


Tanlangan kalimalar: #TRT , #Mehmet Zohid Sobaji

Aloqador xabarlar