Hulusi Akar Havaja Muhammad Asif bilan uchrashdi

Pokiston Mudofaa vaziri Havaja Muhammad Asif Shahboz Sharifning rasmiy tashrifi doirasida kecha Turkiyaga keldi.

1836311
Hulusi Akar Havaja Muhammad Asif bilan uchrashdi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar poytaxt Anqarada Pokiston Mudofaa vaziri Havaja Muhammad Asif bilan uchrashdi.

Akar, Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharifning rasmiy tashrifi doirasida (kecha) Turkiyaga kelgan Asifni Milliy Mudofaa vazirligida harbiy marosim bilan kutib oldi.

Asif faxriy daftarga imzo chekkanidan so‘ng ikki vazir hay’atlararo uchrashuvga raislik qildi.

O‘zaro munosabatlar, mintaqaviy mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘lga olingan, mudofaa sanoati sohasida hamkorlik imkoniyatlari haqida fikr almashilgan uchrashuvda Akar tomonidan Turkiya va Pokiston o‘rtasidagi chuqur aloqalarga urg‘u berilgani, ikki davlat o‘rtasida harbiy hamkorlikni yana-da orttirishga e’tibor qaratilgani ma’lum bo‘ldi.

 



Aloqador xabarlar