Erdo‘g‘an Suriyadagi yangi operatsiyadan maqsad nima ekanini ma'lum qildi

Kecha, 26 may kuni Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an raisligida Turkiya Milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishi bo'lib o'tdi.

1833406
Erdo‘g‘an Suriyadagi yangi operatsiyadan maqsad nima ekanini ma'lum qildi

 

Turkiyaning Suriyada PKK terror tashkiloti a’zolariga qarshi o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan yangi harbiy operatsiyasi bu davlatning hududiy yaxlitligiga qarshi qaratilmaydi.

Bu haqda kecha, 26 may kuni Prezident Rajab Tayyip Erdo‘g‘an raisligida bo'lib o‘tgan Turkiya Milliy xavfsizlik kengashining yig‘ilishi bayonotida qayd etilgan.

“Turkiya Qurolli kuchlarining mamlakat janubiy chegaralarida olib borilayotgan yoki rejalashtirilayotgan operatsiyalari qo‘shni davlatlarning hududiy yaxlitligiga qarshi emas va milliy xavfsizlikni ta’minlash uchun zarurdir. Uchrashuvda Suriya shimolidagi xavfsizlik zonalarini kengaytirish, shuningdek, mintaqada terrorchilarga qarshi ehtimoliy yangi transchegaraviy operatsiyani har tomonlama baholash muhokama qilindi”, deyiladi Xavfsizlik Kengashi bayonotida.

Xavfsizlik Kengashi hujjatida, shuningdek, Anqara “xalqaro alyanslarda ittifoq ruhi va qonunlariga doimo amal qilishini va ittifoqchilardan ham xuddi shunday mas’uliyat va samimiylikni kutishini” ta’kidlanadi.  

“Anqara terrorizmni qo‘llab-quvvatlab, xalqaro huquqni buzayotgan davlatlarni bunday amaliyotlarga chek qo‘yishga va Turkiyaning xavfsizlik xavotirlarini inobatga olishga chaqiradi”, deya qo‘shimcha qildi Xavfsizlik Kengashi Turkiya hozirda NATOga qo‘shilishga qarshi bo‘lgan Shvetsiya va Finlyandiyani nazarda tutgan holda. 

Erdo‘g‘an 23 may kuni janubiy chegaralarda 30 km chuqurlikdagi xavfsizlik zonasini yaratishni yakunlash uchun qo‘shni hududda yangi transchegaraviy operatsiya o‘tkazish imkoniyatini ma’lum qildi. Turkiyaning Suriya shimolida ilgari olib borgan harbiy amaliyotlari natijasida Halab shimolidagi Aazaz va Jarablus shaharlari o‘rtasida xavfsizlik zonasi yaratildi, Afrin ishg‘ol qilindi, Furot daryosining sharqidagi chegara hududlari nazorat ostiga olindi.



Aloqador xabarlar