Anqarada Turkiya, Shvetsiya va Finlyandiya delegatsiyalari uchrashuvi bo'lib o'tdi

Anadolu axborot agentligi xabar berishicha, tomonlar Stokgolm va Xelsinkining NATOga a’zo bo‘lish arizalarini muhokama qilgan. Yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tgan maslahatlashuv taxminan besh soat davom etgan.

1832825
Anqarada Turkiya, Shvetsiya va Finlyandiya delegatsiyalari uchrashuvi bo'lib o'tdi

 

Kecha, 25 may kuni Turkiya poytaxti Anqaradagi Prezident saroyida Turkiya, Shvetsiya va Finlyandiya delegatsiyalari o‘rtasida uch tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, tomonlar Stokgolm va Xelsinkining NATOga a’zo bo‘lish arizalarini muhokama qilgan. Turkiya delegatsiyasiga Prezident Matbuot kotibi Ibrohim Kalin va Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sedat O‘nal boshchilik qilgan. 

Shuningdek, Shvetsiya Bosh vaziri devonining Davlat kotibi Oskar Stenstryom va Finlyandiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Jukka Salovaara boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etgan.

Uch tomonlama uchrashuv oldidan Turkiya tomoni Shvetsiya va Finlyandiya vakillari bilan alohida muzokaralar o‘tkazgan. Yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tgan maslahatlashuv taxminan besh soat davom etgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Finlyandiya , #Shvetsiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar