Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’lu Falastinda uchrashuvlarini davom ettirmoqda

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho’g’li, Turkiya mustaqil va suveren davlat uchun kurashda Falastinlik birodarlarining yonida bo’lishda davom etishini bildirdi

1831840
Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’lu Falastinda uchrashuvlarini davom ettirmoqda

 

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho’g’li, Turkiya mustaqil va suveren davlat uchun kurashda Falastinlik birodarlarining yonida bo’lishda davom etishini bildirdi.

Chavusho’g’li, Falastin ziyorati chog’ida mezbon hamkasbi Riyod al-Malikiy bilan ikki tomonlama munosabatlarni yaxshilash uchun tashlangan qadamlarni muhokama qildi.

Chavusho’g’li, ishg’ol ostidagi G’arbiy Sohildagi Ramallah shahridagi Falastin Tashqi ishlar vazirligi binosida Maliki bilan, so’ngra delegatsiyalar o’rtasida yakkama-yakka uchrashuv o’tkazdi.

Chavusho’g’li, mushtarak matbuot anjumanida, Falastin davlat institutlari va iqtisodiyotini kuchaytirish uchun nima qilishi mumkinligini muhokama qilganliklarini bu doirada 10 ta shartnoma imzolaganliklarini bildirdi.

Turkiyaning Falastin masalasiga bergan ahamiyatini hamma bilishini ta'kidlagan Chavusho'g'li,

Mustaqil va suveren davlat uchun kurashda Falastinlik birodarlarimiz va opa-singillarimizning yonida bo‘lishni davom ettiramiz”, deya qayd etdi.

Chavusho’g’li, qabul qilingan xalqaro parametrlar asosida 1967-yil chegaralarida poytaxti Sharqiy Quddus bo’lgan Falastin davlatini barpo etish zarurligini ta’kidladi.

"Shuning uchun hech kim ikki davlat yechimi nuqtai nazaridan chetga chiqmasin. Falastin muammosi faqat shu yo'l bilan hal qilinadi. Turkiya sifatida biz ham o'z vazifamizni bajarishda davom etamiz". dedi u.

Mavlud Chavusho’g’li, Isroil bilan munosabatlarni normallashtirishda Falastin ma’muriyati bilan muvofiqlashtirishni davom ettirganliklarini bildirdi.

 “Bizning Falastin masalasini qo‘llab-quvvatlashimiz Isroil bilan munosabatlarimiz yo‘nalishidan butunlay mustaqil”, — dedi u.

Diplomatik manbalardan olingan ma’lumotlarga ko’ra, o’zaro savdoni oshirish yo’llari muhokama qilinar ekan, iyun oyi oxirida Turkiya-Falastin mushtarak iqtisodiy komissiyasi (KEK) yig’ilishini o’tkazishga qaror qilindi.

Turkiya Palatalar va birjalar ittifoqining (TOBB) G’arbiy Sohil shimolidagi Jenin shahrida sanoat zonasi qurish loyihasi ham baholandi.

Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA)ning Falastin hukumati bilan hamkorlikni kuchaytirgani ham ma’lum qildi.

Yig'ilishda Falastin iqtisodiyotini qo'llab-quvvatlash yo'llari, Falastin iqtisodiyotini jonlantirish uchun olinadigan chora-tadbirlar bilan bir qatorda Masjidul-Aqsodagi vaziyat  ham muhokama qilindi.

Uchrashuvdan so'ng tomonlar  Turkiya-Falastin mushtarak qo'mita yig'ilishiga borgani bildirildi.

Chavusho’g’li Turkiyadagi universitetlarni bitirgan falastinliklar bilan ham uchrashadi.

Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’lining Falastin Prezidenti Mahmud Abbos tomonidan ham qabul qilinishi kutilmoqda.

Chavusho’g’li ertaga Isroilga qaytadi va hamkasbi Yair Lapid bilan ikki tomonlama va delegatsiyalar o’rtasida uchrashadi.

Uchrashuvda mintaqaviy va global muammolar hamda ikki tomonlama munosabatlar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar