Mavlud Chavusho‘g‘li Falastinning Ramallah shahriga tashrif buyurdi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho'g'lu Ramallahda Falastin tashqi ishlar vaziri Riyod al-Malikiy tomonidan kutib olindi.

1831572
Mavlud Chavusho‘g‘li Falastinning Ramallah shahriga tashrif buyurdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li bugun, 24 may kuni davlat tashrifi bilan Falastinning Ramallah shahriga keldi.

Mavlud Chavusho'g'lu Ramallahda Falastin tashqi ishlar vaziri Riyod al-Malikiy tomonidan kutib olindi.

Qayd etilishicha, Mavlud Chavusho‘g‘li 2010 yilda ikki davlat diplomatik idoralari o‘rtasida tashkil etilgan Turkiya va Falastin Tashqi ishlar vazirlari qo‘shma qo‘mitasi yig‘ilishida ishtirok etadi. 

Shuningdek, Turkiyadagi universitetlarni bitirgan falastinliklar bilan uchrashuv tashkil etiladi.

Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’lining Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos tomonidan ham qabul qilinishi kutilmoqda.

Chavusho’g’li ertaga Isroilga jo'nab ketadi va u yerda hamkasbi Yair Lapid bilan uchrashadi.

Uchrashuvda mintaqaviy va global muammolar hamda ikki tomonlama munosabatlar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.


Tanlangan kalimalar: #Mavlud Chavusho'g’li , #Falastin , #Turkiya

Aloqador xabarlar