Turkiyada Ataturkni xotirlash, yoshlar va sport bayrami nishonlanmoqda

Bugun Turkiyaning to‘rt burchagida Ataturkni xotirlash, yoshlar va sport bayrami tantanali ravishda nishonlanmoqda.

1829288
Turkiyada Ataturkni xotirlash, yoshlar va sport bayrami nishonlanmoqda
istanbul 19 mayis.jpg

Bugun Turkiya Respublikasining asoschisi, Buyuk Yoʻlboshchi Mustafa Kemal Ataturkning Samsunga borib, Milliy kurashni alanglatgan 19-may 1919-yilga 103 yil toʻldi.

Bir davlatning ozodligini xalqda koʻrgan va ingliz dengiz floti langar tashlagan Istanbuldan harbiy doʻstlari bilan Anadoʻluga oʻtgan Ataturk tomonidan, 19-may 1919-yil Samsunda yoqilgan mash’ala 103 yildan beri yonmoqda.

Ataturk, turk yoshlariga tuhfa qilgan bu muhim kun 1938-yil 20-maydagi qonun bilan Yoshlar va sport bayrami sifatida nishonlana boshladi.

Shu bois, ana shu kunlardan beri 19-may Ataturkni xotirlash, yoshlar va sport bayrami yurtning har bir hududi va mamlakatning chet eldagi har bir vakolatxonasida tantanali ravishda, turli tadbirlar bilan nishonlanmoqda.

Bayram bugun ham har doimgidek katta hayajon bilan davom etmoqda.

 



Aloqador xabarlar