Erdo‘g‘an:"Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga kirishiga yo‘l qo'ymaymiz"

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an kecha, 16 may kuni Anqara Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga kirishiga rozi bo‘lmasligini aytdi.

1828009
Erdo‘g‘an:"Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga kirishiga yo‘l qo'ymaymiz"

 

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an kecha, 16 may kuni Anqara Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga kirishiga rozi bo‘lmasligini aytdi. Bunga ikki davlat Anqaraning terrorchilikda gumon qilinganlarni ekstraditsiya qilish bo‘yicha so‘roviga rad javobini bergani sabab bo‘lgan.

“Ular terrorchilarni bizga topshirmaydi degan xabarlar bor. Biz bu ikki davlatning NATOga a’zo bo‘lishiga “ha” demaymiz”, degan Turkiya Prezidenti Anqarada Jazoir Prezidenti Abdulmajid Tebbun bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

U Finlyandiya va Shvetsiya delegatsiyalarini rasmiy Anqarani ko‘ndirish uchun Turkiyaga borib ovora bo‘lmaslikka chaqirdi.

“Hatto Shvetsiya va Finlyandiyaning parlamentlarida ham terrorizm tarafdorlari bor. Ular bizni ishontirishga kelishadimi? Ular o‘zlarini bezovta qilmasinlar. Birinchidan, bu jarayonda Turkiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llayotganlarga NATOga a’zo bo‘lishi uchun “ha” demaymiz”, degan Turkiya Prezidenti.

Uning qo‘shimcha qilishicha, agar Turkiya Finlyandiya va Shvetsiya NATOga qo‘shilishiga rozi bo‘lsa, Shimoliy Atlantika alyansi “terrorchilar konsentratsiyasi”ga aylanadi. 

“NATOga a’zo bo‘lish iltimosiga Turkiyaga sanksiya qo‘yganlarga ijobiy javob bermaymiz. Xavfsizlikni ta’minlash bilan shug‘ullanuvchi tashkilotga. Keyin NATO xavfsizlik tashkiloti bo‘lishni to‘xtatib, terrorchilar to‘plangan joyga aylanadi”, deydi Erdo‘g‘an.

Ma’lumot uchun, Xelsinki va Stokgolm 2019 yilda Turkiyaning Suriyadagi transchegaraviy operatsiyalari munosabati bilan mamlakatga mudofaa sanoati mahsulotlari eksportini cheklagan.

Kecha, 16 may kuni ertalab Turkiyaning TRT telekanali NATOga qo‘shilishi hozirgi bosqichda Turkiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanmayotgan Finlyandiya va Shvetsiya Anqaraning terrorchi deb tan olingan guruhlar faoliyatiga aloqadorlikda gumon qilingan 33 nafar shaxsni ekstraditsiya qilish haqidagi iltimosini qondirishdan bosh tortgani haqida xabar bergan edi.

Turkiya hukumati PKK va FETO terrorchilarini ekstraditsiya qilishni so‘ragan. Biroq, Xelsinki va Stokgolm ularni Anqaraga ekstraditsiya qilishdan bosh tortgan. TRT xabariga ko‘ra, Finlyandiya va Shvetsiya ba’zi so‘rovlarga salbiy javob bergan, ba’zilari esa butunlay javobsiz qolgan.



Aloqador xabarlar