Erdo'g’an Birlashgan Arab Amirliklari hukumatiga ta'ziya bildirdi
Erdo'g’an Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid al-Nahayonning vafoti munosabati bilan Abu Dabi hukumatiga ta’ziya bildirdi.

Bugun, 17-may kuni Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid al-Nahayonning vafoti munosabati bilan Abu Dabi hukumatiga ta’ziya bildirdi.
Turkiya Prezidenti Аdministratsiyasi Kommunikatsiyalar boshqarmasi ma’lum qilishicha, Erdo‘g‘an Abu Dabidagi ta’ziya marosimida ishtirok etadi. Shuningdek, Abu Dabi shahrida Birlashgan Arab Amirliklari yangi Prezidenti Muhammad bin Zoid al-Nahayon bilan uchrashadi.
Eslatib o‘tamiz, BAA Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid al-Nahayon joriy yilning 13 may kuni uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng 73 yoshida vafot etdi.
Uning o‘rniga bugun, 14 may kuni Abu-Dabi valiahd shahzodasi Shayx Muhammad bin Zoid al-Nahayonni mamlakatning yangi Prezidenti etib saylandi.
Aloqador xabarlar

Akar: Turkiya-Britaniya munosabatlari strategik sheriklik asosida barcha sohalarda davom etmoqda
Mudofaa vaziri Hulusi Akar Uollesni harbiy marosim bilan kutib oldi.