"TRT Fransuzcha" raqamli kanali o'z faoliyatini boshladi

Turkiya Prezidenti huzuridagi axborot va kommunikatsiya departamenti rahbari Fahrettin Altun Turkiya teleradiokompaniyasi qoshidagi “Fransuzcha raqamli kanali”ning ishga tushirilishiga munosabat bildirdi.

1826632
"TRT Fransuzcha" raqamli kanali o'z faoliyatini boshladi
Mehmet Zahid Sobaci.jpg
altun trt fransizca.jpg

 

Turkiya Prezidenti huzuridagi axborot va kommunikatsiya departamenti rahbari Fahrettin Altun Turkiya teleradiokompaniyasining “Fransuzcha raqamli kanali”ning ishga tushirilishiga munosabat bildirdi.

"Bugun biz xalqaro maydonda bir qator media tashkilotining hukmronligi va gegemonligiga duch keldik. TRT tashabbusi ushbu xalqaro gegemonlikka e'tiroz, chiqish, muqobil yaratish harakatidir",-dedi Fahrettin Altun.

U poytaxt Anqarada o'tkazilgan "TRT Fransuzcha raqamli kanalni tanitish dasturi"da so'zlagan nutqida ushbu muhim lahzaga guvoh bo'lib turganidan bahtiyorligini tilga oldi.

TRTning turli xil radio va televideniye eshittirishlari, raqamli platformalari, brend ishlab chiqarishlari va xalqaro tadbirlari bilan bugungi kunda 7 qit'aga ta'sir ko'rsatgan brend ekanligini ta'kidlagan Fahrettin Altun, 2010 yilda tashkil etilgan “TRT Arabic” va 2015 yilda tashkil etilgan “TRT World”, Turkiyaning mintaqaviy kuchi va global aktyor bo'lish poygasida ham mintaqaga, ham global maydonga chiqish uchun juda muhim imkoniyat ekanligini ta'kidladi.

Raqamli platformalar “TRT Ruscha” va “TRT Nemischa” keyinroq ishga tushganini eslatgan Fahrettin Altun, kecha efirga uzatila boshlagan “TRT Fransuzcha” kanaliga omad tiladi.

Uning ta’kidlashicha, kunimizda TRT internet orqali 41 til va lahjada faoliyat olib bormoqda. TRT ushbu xalqaro prinsiplari asosida, barchaning ovozi bo’lishga va haqiqatni oshkor qilishga intilmoqda.

“Bugun biz xalqaro maydonda bir qator media tashkilotlarining hukmronligi va gegemonligiga duch keldik. Ushbu hukmronlikka qaramay, bu media kompaniyalar haqiqat ovozi va haqiqatning ko'zgusi bo'lish vazifasini o'z zimmalariga olmayotirlar. Aksincha, ular jahon miqyosidagi ekspluatatsiya tartibini, zulmning jahon tartibini aks ettirishda davom etmoqdalar va o’z manfaati yo‘lida efirga chiqishda davom etmoqdalar. TRTning bugungi tashabbusi ushbu xalqaro gegemonlikka e'tiroz, chiqish, muqobil yaratish uchun harakatdir”,-deb aytgan Fahrettin Altun.

TRT Bosh direktori Mehmet Zohid Sobaji ochilish tadbirida “TRT Fransuzcha” raqamli kanalining missiyasi va qarashlarini ishtirokchilar bilan o'rtoqlashdi.

““TRT Fransuzcha” raqamli xabar kanalimiz fransuz tilidagi ommaviy axborot vositalari dunyosida katta bo'shliqni to'ldiradi degan umiddaman. Boshqacha aytganda, mazmunan parametr boyligi, yangi istiqbollar, mavzular xilma-xilligi va yangiliklarning ustuvorlik tartibini o‘zgartirish kabi ko‘plab mavzularda xalqaro jurnalistika tushunchasiga yangi nafas olib keladi”,-dedi TRT Bosh direktori Mehmet Zohid Sobaji.

““TRT Fransuzcha”ning eng asosiy vazifalaridan biri, Fransiya va fransuz tilida so’zlashuvchi mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy masalalarini, Afrika qitʼasi kun tartibini omma eʼtiboriga yetkazishdir. Dunyo bo'ylab 300 milliondan ortiq kishi so'zlashadigan ushbu tilda nashr qilish xilma-xillik va chuqurlik tamoyillari doirasida odamlarga yangi fikrlar va eshiklarni ochish demakdir. Voqealarning nafaqat buguni, balki o‘tmishi va kelajagini ham yoritish ongini shakllantirishga muhim hissa qo‘shadi”,-dedi TRT Bosh direktori.

U shuningdek, “TRT Fransuzcha” kanali butun dunyoda sur'at bilan kuchayib borayotgan islom va chet el dushmanligiga qarshi kurashishni maqsad qilganini bildirdi.

“Qolaversa, “TRT Fransuzcha” kanalining xalqaro eshittirish tarmog’imizdagi ishtiroki bilan deyarli butun dunyoda, ayniqsa Yevropada kuchayib borayotgan islom va chet el dushmanligiga qarshi ogohlikni oshirishga hissa qo’shamiz. Turkiyaning global insonparvarlik siyosati va amaliyotlarini tushunishda muhim rol o'ynaymiz. Madaniyat, san’at, sport va tarixdagi boyligimizni ko‘proq odamlarga yetkazamiz. Biz buni samaradorlikni oshirish, o'zaro tushunishga yo'l ochish va madaniy xilma-xillikka vositachilik qilish uchun amalga oshiramiz”,-dedi TRT Bosh direktori Mehmet Zohid Sobaji.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Fahrettin Altun , #TRT , #TRT Fransuzcha

Aloqador xabarlar