Erdo’g’an BAA prezidentining vafoti munusabati bilan hamdardlik bildirdi

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, olamdan o'tgan Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Prezidenti Shayx Xalifa bin Zayed Al Nahayon uchun o’z ta’ziyalarini bildirdi.

1826676

Prezident Erdog'an, Istanbulda kun tartibiga doir matbuot xodimlarining savollariga javob berdi.

Erdog'an Al Nahyanning o'limi haqida shunday dedi:

“Birlashgan Arab Amirliklari rahbari Al Nahayan uzoq vaqtdan beri kasallikka chalingan edi. Bugun vafot etdi  Joyi jannatda bo'lsin." dedi.

BAA rasmiy agentligi WAM Prezident ishlari vazirligiga tayanib, 74 yoshli Al Nahayon vafot etganini ma’lum qildi.

Vazirlik tomonidan  berilgan  yozma bayonotda, mamlakatda 40 kunlik rasmiy motam e'lon qilingani va bayroqlar yarimga  tushirilishi, vazirliklar, davlat idoralari va xususiy sektorda ishlaganlar 3 kunga  o’z  faoliyatlarini  to'xtatganliklari  bildirildi.

BAAning birinchi prezidenti Zayd bin Sulton Al Nahayonning to‘ng‘ich o‘g‘li Xalifa bin Zoid 2004-yilda otasi vafotidan so‘ng hokimiyatga kelgan edi.

Aloqador xabarlar