Chavusho’g’li Marokashda DEAShga qarshi xalqaro koalitsiya yig'ilishida ishtirok etdi

Mevlud Chavusho’g’li, Sahel mintaqasi kabi Shimoliy Afrikaning tinchligi, barqarorligi va farovonligi O’rta Yer dengizi, Afrika, Yaqin Sharq va hatto Yevropaning barqarorligi uchun ajralmas ekanligini ta’kidladi.

1825810
Chavusho’g’li Marokashda DEAShga qarshi xalqaro koalitsiya yig'ilishida ishtirok etdi

 

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho’g’li, Shimoliy Afrika bilan birga Sahel mintaqasining tinchligi, barqarorligi va farovonligi O’rta yer dengizi, Afrika, Yaqin Sharq va hatto Yevropaning barqarorligi uchun ajralmas ekanligini ta’kidlab, “Bu munosabatlar mintaqa davlatlarini  bir-birining hududiy yaxlitligini o‘zaro hurmat qilish asosida rivojlanadi va suverenitet  uchun doimiy barqarorlikni ta’minlaydi”. dedi.

Chavusho’g’li, terror tashkiloti DEASHga qarshi xalqaro koalitsiyaning 76 davlat va xalqaro muassasalar ishtirokidagi vazirlar yig’ilishida bo’lgan Marokashning poytaxti Marrakechda Marokash Tashqi ishlar vaziri Nasser Burita bilan mushtarak matbuot anjumani o’tkazdi.

“Shu doirada, har doimgidek, biz birodar Marokashning hududiy yaxlitligi, chegara yaxlitligi va suverenitetini qo‘llab-quvvatlayotganimizni yana bir bor ta’kidlamoqchiman”. o‘z bahosini berdi.

Bu uchrashuvning vaqtini juda muhim deb hisoblagan Chavusho’g’li, Suriya, Iroq, Afg’oniston va Afrikada, Sahel mintaqasida DEASH terror tashkilotining hujumlari ortganini ko’rganliklarini aytdi.

Mevlud Chavusho’g’li, Sahel mintaqasi kabi Shimoliy Afrikaning tinchligi, barqarorligi va farovonligi O’rta Yer dengizi, Afrika, Yaqin Sharq va hatto Yevropaning barqarorligi uchun ajralmas ekanligini ta’kidladi.

“Mintaqa mamlakatlari bir-birining hududiy yaxlitligi va suverenitetini oʻzaro hurmat qilish asosida rivojlantiradigan munosabatlar barqaror barqarorlik uchun zarurdir”.  Deya qayd etib

Vazir Chavusho’g’li, Turkiyaning mamlakatlarning hududiy yaxlitligi va chegara yaxlitligi borasida hamisha prinsipial pozitsiyasini ko’rsatganini bildirdi.



Aloqador xabarlar