Erdoʻgʻan: “Oʻtmishda qurgan koʻprigimizni mustahkamlab, yoʻlimizni davom ettiramiz”.

Prezident Erdoʻgʻan, amaliy tashrif bilan poytaxt Anqaraga kelgan Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan qator kelishuvlarni imzolash marosimidan soʻng mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

1825087
Erdoʻgʻan: “Oʻtmishda qurgan koʻprigimizni mustahkamlab, yoʻlimizni davom ettiramiz”.

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan Turkiya-Qozogʻiston munosabatlari haqida:

“Oʻtmishda qurgan koʻprigimizni mustahkamlab, yoʻlimizni davom ettiramiz”.-dedi.

Prezident Erdoʻgʻan, amaliy tashrif bilan poytaxt Anqaraga kelgan Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan qator kelishuvlarni imzolash marosimidan soʻng mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

Prezident Erdoʻgʻan unda soʻzlagan nutqida, bu yil Qozogʻiston bilan diplomatik aloqalar oʻrnatilganiga 30 yil toʻlganiga e’tibor qaratgan holda, janob Toqayevning yangi Qozog‘istonni shakllantirishdagi sa’y-harakatlarini “tahsinga loyiq”-deb baholadi.  

“Har qanday ahvol va sharoitda qozoq birodarlarimizning yonida bo‘lamiz. O‘tmishda qurgan ko‘prigimizni mustahkamlab, yo‘limizni davom ettiramiz”.-degan ifodalarga oʻrin bergan Erdoʻgʻan:

“Turkiya-Qozogʻiston savdo hajmi 58 foizdan oshdi va 5,3 milliard dollardan yuqori koʻrsatkichga yetdi. Umid qilamizki, birgalikda tashlaydigan qadamlar bilan 10 milliard dollarlik maqsadimizga erishamiz”.-deya gapirdi.

Prezident shuningdek, Turk Davlatlari Tashkiloti bilan bir qatorda Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom Hamkorlik Tashkiloti va Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti kabi platformalarda Qozogʻiston bilan birdamlikni saqlab qolish qatʼiyatini yana bir bor tasdiqlaganliklarini bildirdi.

Erdoʻgʻan:

“Taxminan 19 million aholiga ega Qozogʻiston bilan 85 million aholiga ega Turkiya oʻrtasidagi birdamlikning qanchalik muhim ekanini bilasiz”.-dedi.

Qasim-Jomart Toqayev esa soʻzlarini:

“Turkiya Prezidenti, birodarim Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning muqaddas Onado‘li zaminiga rasmiy taklifidan qanchalik xursand ekanimni ifoda etmoqchiman. Bugun biz judayam muhim masalalar yuzasidan keng ko‘lamli suhbatlar o‘tkazdik. Prezident, Hurmatli Erdoʻgʻan bilimdon va hurmatga sazovor siyosatchidir. Shuning uchun ularning fikirlari juda muhimdir”.-deya boshladi.

“Qozog‘iston va Turkiya mushtarak ildizlarga ega qardosh va do‘st davlatlardir”.-degan Toqayev:

“Turkiyadan hech qanday zarar kelmadi. Har doim yaxshilik koʻrdik. Bugungacha bunday boʻldi va shunday davom etadi”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.



Aloqador xabarlar