Turkiya NATO mashg‘ulotida ishtirok etmaydi

Turkiya harbiy havo kuchlari Afina bilan kelishmovchilik tufayli NATOning Gretsiyada o‘tadigan “Tiger Meet” mashg‘ulotida ishtirok etmaydigan bo‘ldi.

1821047
Turkiya NATO mashg‘ulotida ishtirok etmaydi

 

Turkiya harbiy havo kuchlari Afina bilan kelishmovchilik tufayli NATOning Gretsiyada o‘tadigan “Tiger Meet” mashg‘ulotida ishtirok etmaydigan bo‘ldi.

Bu haqda “Sabah” gazetasi xabar bermoqda.

Avvalroq, Turkiyaning “F-16 Fighting Falcon” qiruvchi samolyotlari 9-22 may kunlari yunon davlati g‘arbidagi “Arakos” aviatsiya bazasida tashkil etiladigan Shimoliy alyans mashqlarida ishtirok etishi e’lon qilingandi.

Xabarga ko‘ra, Gretsiya Bosh aviatsiya qarorgohi Turkiyaning bu boradagi taklifini qabul qilmagan. Mazkur qarorga sabab sifatida Turkiya jangovar samolyotlari Gretsiya havo chegaralarini doimiy ravishda buzib, mamlakatga tegishli orollar uzra parvoz etishi haqidagi bayonot ko‘rsatilgan.

– Qoidaga muvofiq, mashg‘ulot oldidan mezbon davlat tadbirni o‘tkazish bo‘yicha texnik kelishuv tayyorlaydi. Shu asosga ko‘ra texnik reglamentni ishlab chiqqan Gretsiya tomoni ushbu hujjatning Turkiya bilan bog‘liq qismiga ikki tomonlama manfaatdan kelib chiqqan holda o‘zgarish kiritgan, – deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi ushbu qo‘shimchaga qarshi chiqib, “xalqaro huquqqa zid texnik reglament”ni o‘zgartirish talabini qo‘ygan. Afsuski, Turkiya talabi Gretsiya tomonidan qabul qilinmagan. Ayni payt yakuniy qaror Gretsiya rasmiylariga yuborilgan.

 


Tanlangan kalimalar: #NATO , #Turkiya

Aloqador xabarlar