Prezident Erdo‘g‘an Turkiya-Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi hamkorlikka to‘xtaldi

Prezident Erdo‘g‘an amaliy tashrif bilan Saudiya Arabistonida.

1820554
Prezident Erdo‘g‘an Turkiya-Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi hamkorlikka to‘xtaldi
erdoğan veliaht prens.jpg

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an:

“Saudiya Arabistoni bilan sog‘likni saqlash, energetika, oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xo‘jaligi texnologiyalari, mudofaa sanoati va moliya kabi sohalarda hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanimizga ishonamiz”.-dedi.

Prezident Erdo‘g‘an, ijtimoiy tarmoq orqali Saudiya Arabistoni Qiroli Salmon bin Abdulaziz Al Saudning taklifiga binoan Saudiya Arabistoniga kelganini yodga solgan holda:

“Saudiya Arabistoniga tashrif uyushtirdik. Tarixiy, madaniy va insoniy rishtalarga ega ikki qardosh davlat sifatida o‘rtamizdagi har qanday siyosiy, harbiy va iqtisodiy aloqalarni oshirishga va yangi davrni boshlashga harakat qilyapmiz”.-dedi.

Turkiya bilan Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi hamkorlikka to‘xtalgan Prezident Erdo‘g‘an quyidagi ifodalarga o‘rin berdi:

 “Saudiya Arabistoni bilan sog‘likni saqlash, energetika, oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xo‘jaligi texnologiyalari, mudofaa sanoati va moliya kabi sohalarda hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanimizga ishonamiz. Qayta tiklanadigan va toza energiya texnologiyalarida jiddiy salohiyatga egamiz. Ko‘rfaz mintaqasidagi qardoshlarimizning barqarorligi va xavfsizligiga o‘z barqarorlik va xavfsizligimizdek e’tibor berishimizni har fursatda ifoda etyapmiz.

Har qanday terrorga qarshi ekanimizni va mintaqamizdagi davlatlar bilan terrorga qarshi kurashda hamkorlik qilishga ahamiyat berishimizni ta’kidlayapmiz. Munosabatlarimizni har tarmoqda avvalgidan ham yaxshiroq nuqtalarga olib kelishimizga ishonaman. Robbimizning rahmati, mag‘firati va rahm-shafqati qalblarimizni o‘rab olgan muborak Ramazon oyidagi bu sayohatimiz do‘st va qardosh Saudiya Arabistoni bilan yangi davr eshiklarini ochadi”.

 



Aloqador xabarlar