Tojikiston Mudofaa vaziri general Sherali Mirzo amaliy tashrif bikan Turkiyada

Hulusi Akar tojikistonlik kasbdoshi general Sherali Mirzo bilan uchrashdi.

1815836
Tojikiston Mudofaa vaziri general Sherali Mirzo amaliy tashrif bikan Turkiyada

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar Tojikiston Mudofaa vaziri general Sherali Mirzo bilan uchrashdi.

Akar rasmiy mehmoni sifatida Turkiyaga kelgan Mirzoni, Milliy Mudofaa vazirligida harbiy marosim bilan kutib oldi.

Ikki vazir avvalom bor o‘zaro uchrashdi, ortidan esa hay’atlar o‘rtasidagi uchrashuvga raislik qildi.

Ikki tomonlama va mintaqaviy mudofaa, xavfsizlik va mudofaa sanoatidagi hamkorlik masalalari muhokama qilingan uchrashuvlarda Hulusi Akar tomonidan, Turkiya va Tojikiston o‘rtasidagi mushtarak e’tiqod, tarixiy va madaniy aloqalar ta’kidlanib, chegara xavfsizligi va terrorga qarshi kurash masalasida tajriba almashishga tayyor ekanligi qayd etildi.

Hulusi Akar, suhbatdoshiga, ikki davlat o‘rtasidagi harbiy ta’lim hamkorligini oshirishning ahamiyatini ifoda etdi.

Hay’atlararo yig‘ilish ortidan Turkiya va Tojikiston o‘rtasidagi Harbiy bitim, Milliy Mudofaa vaziri Akar va Tojikiston Mudofaa vaziri General Mirzo tomonidan imzolandi.

Uchrashuv va yig‘ilishlardan so‘ng Hulusi Akar bilan Sherali Mirzo, Quruqlik kuchlari qo‘mondonligiga borib, u yerda harakat markazini ko‘rib chiqdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar